Breaking News

Tramp - siyosiy etiketga befarq prezident


Tramp - siyosiy etiketga bo'ysunmaydigan prezident
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Donald Tramp prezidentlikka saylanayotganida “siyosiy buzg’unchi” degan nom qozongan edi. Prezident sifatida ham tarixan shakllangan tartib-qoidalarga amal qilmaydi, undan oldingi davlat rahbarlariga o’xshamaydi. Trampning tarafdorlariga bu juda ma’qul, ammo bunday xulq-atvor kutilmagan siyosiy oqibatlarga ham yetaklaydi.

Yaqinda G’arbiy Virjiniya shtatiga safari chog’ida Prezident Tramp tayyorlangan nutq matnini uloqtirdi.

“Mana shu varaqdan o’qib berishim kerak ekan sizlarga. Birinchi paragrafiga qarab, zerikib ketdim. Juda zerikarli”, - deya qo’l siltadi Tramp.

Ushbu manzara Trampning hukumatga, boshqaruvga bo’lgan munosabatini aks ettiradi. Oxirgi paytlarda u saylov kampaniyasi paytidagi erkin so’zlaydigan, spontan qarorlar qiladigan nomzodni eslatmoqda. Jumladan Xitoy masalasida.

“Hech bir prezident iqtisodiy sohada Xitoy bilan janjallashgisi kelmagan. Biz qilamiz”, - deydi Tramp.

AQSh rahbari Xitoy mahsulotlariga tariflarni oshirish haqida ogohlantirmoqda. Pekin ham javob choralari ko’rishini aytgan. Jeff Rider kabi amerikalik dehqonlarni xavotir bosgan.

“Soliqlarni kamaytirishgani tufayli bu yili yaxshiroq daromad qilamiz deb turgandik. Tariflar tufayli zararga qolmasak bo’lgani”, - deydi Rider.

Tahlilchi Larri Sabatoga ko’ra, Tramp maslahatchilari bilan emas, o’zi qaror qilishga odatlanib qolmoqda:

“Donald Tramp butun hukumatni o’zi boshqara olishiga ishonadi. Kerak bo’lsa, Twitter orqali yangi qarorlarini e’lon qiladi, vazirlarni ishdan haydaydi”.

U “siyosiy buzg’unchi” degan tavsifga o’zini munosib ko’radi, shu qolipda ish tutayapti, deydi Jon Fortye.

“Siyosatga chetdan kelgan, o’z uslubi bor. Shu uslubga sodiq bo’lib qolsa kerak”, - deydi sharhlovchi.

Amerikaning qishloq joylarida, qizil shtatlarda Trampning tarafdorlari ko’p.

“Qizig’i, u yangi tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilayotgani ham yo’q. Bergan va’dalarini imkon qadar bajaryapti”, - deydi siyosatshunos Maykl Baron.

Lekin prezidentning spontan harakatlari demokratlarga ham kuch bag’ishladi. Kuzda Kongressga saylovlar. Trampning partiyasi hozirdan mag’lubiyatga tayyorgarlik ko’rmoqda.

“Demokratlar bu darajada faollashgan davrni eslay olmayman. Sababi - Tramp. Demokratlar ham federal, ham shtat, ham mahalliy saylovlarda gala-gala bo’lib qatnashmoqda”, - deydi ekspert Ken Gud.

O’ziga o’zi so’zlovchi, o’ziga o’zi maslahatchi prezident hozircha o’zi bilganidan qolmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG