Breaking News

Turkmaniston BMTga: Xalqaro qonunlarga amal qiling!


Rashid Meredov, Turkmanistan Tashqi ishlar vaziri
Rashid Meredov, Turkmanistan Tashqi ishlar vaziri

Dunyoning turli burchaklaridagi mojarolar, qonli harakatlar va nizolar ortida xalqaro qonunlarning muntazam ravishda buzilishi turibdi, deydi Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so'zlar ekan. BMT tamoyillari va hujjatlariga zid ravishda qadam tashlashni bas qilish kerak, deydi u. (VIDEO)

“Hozirgi global vaziyat davlatlar va xalqaro tashkilotlar yaqindan hamkorlik qilishini talab etmoqda, aks holda hamma birdek tahdid ostida", - deydi Meredov.

Vazir chegara xavfsizligi, siyosiy va mafkuraviy tamoyillar, terrorizmga qarshi kurash va insoniylik haqida so'zladi.

Turkmaniston, deydi Meredov, neytral davlat sifatida barcha muammolar va mojarolar xalqaro qonunlar asosida hal etilishini istaydi.

Respublika o'z taraqqiyot dasturiga ega va BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida birgalikda ishlashda davom etadi. Maqsad - har tomonlana, qadamma-qadam rivojlanish, deydi Meredov.

Turkmaniston iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi global kelishuvni yoqlaydi va kelasi yili Markaziy Osiyoda bu borada o'tishi kutilayotgan anjumanda qatnashadi.

Meredov Orol dengizini asrab qolish maqsadida tuzilgan xalqaro jamg'armaga rais. Bu vazifada u mintaqa hukumatlari bilan yaqindan ishlashini aytmoqda.

Turkmaniston, BMT va boshqa xalqaro tashkillotlar nazarida, eng yopiq va eng repressiv tuzumlardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG