Breaking News

BMT Bosh kotibi: Terrorni asoslab bo'lmaydi


BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkdagi idorasida so'zlamoqda, 9-oktabr, 2023
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkdagi idorasida so'zlamoqda, 9-oktabr, 2023

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish XAMASni garovdagi yahudiylarni darhol qo'yib yuborishga va Isroilga xurujni to'xtatishga undamoqda. Guterrish Isroilni Falastin ahliga zarar yetkazmaslikka va xalqaro qonunlarni buzmaslikka chaqirmoqda.

"Men Falastin xalqi dardini tushunaman va tan olaman, ammo terrorni asoslab bo'lmaydi. Odamlarni o'ldirish va o'g'rilash asossiz harakatdir", - deydi BMT rahbari Nyu-Yorkdagi idorasida so'zlar ekan.

"Hujumlarni bas qiling va qo'lingizdagilarni ozod eting", - deydi Guterrish.

XAMAS 7-oktabr kuni Isroilga bir paytda bir necha joyda hamla qilib, yuzlab fuqarolarni o'ldirgan. Guruh yana yuzlab yahudiyni olib qochgan. Garovdagilar orasida chet elliklar ham bor.

AQSh Isroilni quvvatlaydi
AQSh Isroilni quvvatlaydi

Guterrish G'azo sektori tok va gazdan uzilganidan norozi. Ikki milliondan oshiq aholiga ega hudud qamal ostida.

"Gumanitar holat G'azoda shundoq ham og'ir edi. Endi esa yanayam qiyinlashadi", - deya xavotirlanadi u.

BMT Bosh kotibiga ko'ra, Isroil G'azoga insonparvarlik yordami kirishi uchun yo'l berishi kerak.

G'azoda o'tgan uch kun ichida 120 mingdan ziyod odam boshpanasiz qolgan. Suv va sanitariya tizimlariga zarar yetgan. 400 mingdan oshiq kishining hayoti ayni damda qil ustida. G'azoda bittagina tok ishlab chiqarish inshooti bor.

Isroil-XAMAS mojarosida uch kun ichida 1000dan oshiq odam o'ldi
Isroil-XAMAS mojarosida uch kun ichida 1000dan oshiq odam o'ldi

BMT Oziq-ovqat dasturi G'azoga madad yetkazishni boshlagan, ammo to'siqlar talay.

Guterrish deydiki, mintaqa hukumatlarini mojaro keng tus olmasligi uchun harakat qilishi kerak. Ular qon to'kishni qoralashi lozim, deydi u.

BMT Bosh kotibi fikricha, urush ortidagi sabablarni aniq va azaliy omillarga ega.

"Nafrat, keskinlik va qonxo'rlik charxpalagini to'xtatishimiz zarur", - deydi Guterrish.

BMT ikki mustaqil davlat tarafdori. AQSh ham shu taklifni olg'a suradi, ya'ni, bir-birini tan oladigan va o'zaro urushmaydigan Isroil va Falastin davlatlari bo'lishini. Har ikkisi xavfsiz yashay olishi kerak, deydi Guterrish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG