Breaking News

AQSh elchixonalarida xavfsizlik yanada kuchaytiriladi


AQShning Bag'doddagi elchixonasi devorlari
AQShning Bag'doddagi elchixonasi devorlari
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, xorijdagi elchixonalar va diplomatik vakolatxonalarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.

AQSh elchixonalari xavfsizligi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00
Yuklab oling

Shu yilning 11-sentabrida AQShning Liviyadagi vakolatxonasiga hujumda elchi Kris Stivens va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi. Tekshiruv xavfsizlik tizimida nuqsonlar borligini ko’rsatgan.

Liviyaning Bing’ozi shahrida nima bo’lganini aniqlash uchun mustaqil kengash tuzilgan edi. Unga boshchilik qilgan admiral Mayk Mullen yaqinda Kongress oldida hisobot berdi.

Tergov shuni ko’rsatdiki, deydi Mullen, Bing’ozida vaziyat xatarli bo’lishiga qaramasdan u yerdagi diplomatik idora yaxshi qo’riqlanmagan. Xavfsizlik tizimi umuman talabga javob bermagan.

Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton tergov natijalari va komissiya tavsiyalarini so’zsiz qabul qildi.

Senator Jon Kerri, AQShning navbatdagi davlat kotibi deb ko’rilayotgan arbob, Klintonning ko’rsatmasi bilan shoshilinch choralar ko’rila boshlaganini olqishlayapti. Elchixonalar xavfsizligini ta’minlash uchun Kongressdan qo’shimcha 1,3 milliard dollar mablag’ ajratish so’ralgan.

Elchixonalar nafaqat norozilik namoyishlari uchun sahna, balki terror hujumlari nishoniga ham aylanishi mumkin.

Daniel Server, Jons Xopkins Universiteti professori, bir necha mamlakatda, jumladan, Iroqda diplomatik lavozimlarda ishlagan. Unga ko’ra, elchixonalarni oddiy odamlar yaqinlasha olmaydigan qal’aga aylantirish ko’pincha nafrat-g’azab hissini uyg’otadi.

“Baland devorlar orqasida yashirinib olib, mezbon davlatdagi xalq bilan qanday aloqa qilasiz?” - deb so’raydi u.

Sobiq diplomat fikricha, marhum elchi Kris Stivens Bing’ozidagi imoratni tark etib, ko’chaga chiqishi kerak edi. Chunki aksar liviyaliklar tanirdi uni.

Ammo Daniel Server elchining o’limidan so’ng bu gaplarga hozir hech kim quloq tutmasligini yaxshi biladi. Davlat departamentida bir necha rasmiy ishdan ketdi. Obama ma’muriyati elchixonalar xavfsizligini oshirish qarorida qat’iy.

Elchixonalar xavfsizligi/US Embassy Security
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG