Barcha muhojirlar kabi koreyalik Kvon Myon Von (Kwon Myoung-Won) ham qattiq mehnat qilib pul topadi. Do’kondagi ish qancha ko’p vaqt talab qilmasin, u bolalikdagi sevgan mashg’ulotidan voz kechmadi.
Kvon yoshligidan kalligrafiya, xushxatga qiziqadi. U yaratgan asarlar AQSh va dunyo bo’ylab muzey va san’at galereyalarida ko’rgazmaga qo’yilgan.
Kvon Myon Von xaridorlar bilan ovora. Turmush o’rtog’i So Yan sendvich tayyorlayapti. Mana 20 yildirki, ular spirtli ichimliklar va sendvichlar sotadigan do’konda ishlaydi.
“Do’kon ertalab soat olti yarimdan kechasi o’ngacha ochiq. Men ishga oltida kelaman. Kuniga 16 soat iashlayman,” - deydi Kvon Myon Von.
Poytaxt Vashington yaqinidagi bu do’konda san’at asarlarini ko’rmasangiz-da, Kvon rasta ostida guruch unidan tayyorlangan qog’oz saqlaydi. Xaridorlardan bir oz bo’shagan paytda do’kon sohibi sevimli mashg’ulotiga sho’ng’iydi. Kvon koreys tilida “eshik” so’zini qayta-qayta yozyapti.
“Eshik “ochish” demakdir. Hayotning har bir bosqichidan o’tish ham eshikni ochishdek gap. Harakat qilmasang, ocholmaysan. Orzuingga erishmoqchimisan, harakat qil”.
Kvon, asosan, koreys harflarini yozadi.
“Kuni bilan do’kondaman, ish ko’p, xushxat bilan shug’ullanishga uyda vaqtim yo’q. Shuning uchun bu yerdagi vaqtdan samarali foydalanishga harakat qilaman. Xaridor kelganda do’kon ishiga qaytaman, ammo bu vaqt ichida bo’yoq qurib, ilhom ham ketadi. Shunga harflarni mayda qilib yozishga qaror qildim”.
Kvon yaratgan asarlardan biri figurali uchish bo’yicha chempion qizning tasviri bo’lib, minglab mayda harflardan tarkib topgan. Olimpiya o’yinlari g’olibi, janubiy koreyalik Kim Yu Nani koreyslar erkalatib “gul” deb atashadi. Kvon yozgan harf ham gulni anglatadi.
“Men kalligrafiya bilan shug’ullanishni boshlaganimda yoshim yettida edi. Akalarim qishloq maktabida bo’yoq bilan harflar yozardi. Men esa ko’zimni uzmay, tomosha qilardim. Keyin o’zim ham yoza boshlaganman”.
Kvonning ayrim asarlarini Vashingtondagi Kongress kutubxonasida ko’rish mumkin. Yana ba’zilari Smitson Tarix muzeyida doimiy ko’rgazmada. Pol Teylor shu muzeyning Osiyo dasturi direktori:
“Kvon Myon Von xushxatining xususiyati shundaki, u klassik shakllarni dinamik, zamonaviy, yangicha uslubda ifodalaydi. U AQShdagi koreys jamoasining faol a’zosi sifatida ana shu an’anani davom ettirmoqda”.
Yana bir asarni yaratishda Kvon Amerikaning 16-prezidenti Avraam Linkolnning Gettisburgdagi nutqidan ilhom olgan. Rassom uni Chikagodagi prezident kutubxonasiga hadya qilmoqchi.
Kvon Vashingtonda o’tkaziladigan xalqlar madaniyati festivalida ham, mahalliy universitetda ham o’z san’atini namoyish qilgan.
“Bu mamlakatda turli madaniyatlar, urf-odatlar mavjud. Men boshqalarga koreys tili va koreys xushxati san’atining go’zal tarafini ochib bermoqchiman. Niyatim shu”.
Kvon Myon Von ana shu orzusi yo’lida mehnat qilayotganini aytadi.