Nyu-York shahri metro bekatlarida Isroil va islomga oid siyosiy plakatlar paydo bo’ldi. Ular Isroilga qarshi tandiqni islomiy terrorizm bilan qiyoslaydi. Yo’lovchilarning aksariyati bu reklamalarga e’tibor bermagan bo’lsa-da, faollar orasida qizg’in mubohasa avjida.
“Madaniyatli va yovvoyi odam o’rtasidagi har qanday urushda madaniyatli odam yonini ol. Isroilni quvvatla, jihodni emas”.
Bu Nyu-York shahri metrosining 10 bekatida devorga yopishtirilgan plakatlardagi so’zlar. Ular ortidagi guruh – Amerikada erkinlik himoyasi tashabbusi - tobora kuchayib borayotgan islomiy fundamentalizm tahdidiga qarshi kurashamiz, deb keladi. Rahbar Pamela Geller o’tgan yili va o’tgan oy Nyu-York metrosida paydo bo’lgan aksil-yahudiy shiorlarga qarshi shu tariqa kurashishga qaror qildik deydi.
“O’sha plakatlardan birida AQSh Isroilga yordamni to’xtatishi kerak, chunki bu tinchlikka to’siq bo’layapti, deyilgan edi. Aslida AQShning Iroilga yordami sababli Isroil yo’q bo’lib ketmadi. Metro ichidagi yana 100 ta kioskda Isroil Falastin yerini “yamlab yutayotgani” tasvirlangan xaritalar ham osilgan edi”.
Bizning kampaniya Islomga qarshi qaratilgan emas, deya ta’kidlaydi Geller.
“2001-yil 11-sentabrdan buyon islomchilar 20 ming qonli hujum uyushtirgan bo’lsa, barini jihod deb atadi. Hammasini oqlash uchun qur’ondan sura va oyatlar keltirildi, jihod mafkurasi haqida gap ketdi. Bu haqda gapirmasak, muloqot qilmasak bo’lmaydi, axir”.
Biroq musulmonlar va boshqa guruhlar vakillari, jumladan Haqoratga Qarshi Liga deb nomlangan yahudiylar guruhi plakatlarga qarshi. AQSh konstitutsiyasida so’z erkinligi himoyalangan bo’lsa-da, metrodagi kampaniya nafrat bilan yo’g’rilgani ko’rinib turibdi, deydi bu guruhlar.
Sayrus Makgoldrik - Amerika-Islom Aloqalari Kengashi rasmiysi.
“Biz inson huquqlari uchun kurashamiz, shuning uchun Pamela Gellerning irqchi va mutaassib bo’lish huquqiga ega ekanini tan olamiz. Ammo amerikaliklar sifatida biz tuhmatga, irqchilikka, odamlarni madaniyatli va yovvoyiga ajratayotganlarga qarshi chiqishimiz kerak”, - deydi kengash a’zosi.
Nyu-York metrosi yo’lovchilarining reklamaga munosabati turlicha.
“Bunday haqoratomuz gaplarni qo’llash, odamlar haqida yolg’on gapirish dahshatli,” - deydi biri.
“Metroda bunday nozik masalalarni ko’tarish to’g’rimi”? – deydi yana bir nyu-yorklik. “Axir so’nggi yillarda aynan shahar metro bekatlari terrorchilar xurujlari nishoni bo’lgan-ku. Menimcha, bu noto’g’ri”.
“Nazarimda, hech qanday zarari yo’q. Bu birovning fikri xolos. So’z erkinligi bor-da bizda,” - deya fikr bildiradi yana biri.
Biroq metrodagi plakatlarga qarshi chiqqan bir yo’lovchi hatto hibsga olindi.
Kelib chiqishi misrlik bo’lgan amerikalik Mona Eltahviy plakatlar ustidan bo’yoq sepib chiqayotganida ularni himoya qilayotgan yana bir ayol, Pamela Xoll bilan to’qnashdi.
(Voqea haqida reportaj va videoni “New York Post” gazetasi veb sahifasidan topish mumkin).
Eltahviy musulmonlar huquqlari kurashchisi sifatida tanilgan, MSNBC va CNN telekanallarida tez-tez chiqib turadi. U “men ham so’z erkinligi huquqimdan foydalanyapman”, dedi plakat ustidan bo’yoq separ ekan. Unga qarshi chiqqan Pamela Xoll esa tanasi bilan plakatni yopishga harakat qildi. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya Eltahviyni hibsga olayotganida faol “erkin ravishda, zo’ravonliksiz norozilik aksiyasi uyushtirishga haqliman”, deya baqirdi.
Amerika-Islom Aloqalari Kengashi rasmiysi Sayrus MakGoldrik metroda siyosiy kampaniya olib borilayotganidan xavotirda.
“Bu propaganda ekani, bunday mafkura urushni targ’ib qilishi, urush islomofobiya, ya’ni islomdan qo’rqishga asoslanishini tushunishimiz kerak. Musulmonlarni Amerikada yomon otliq qilsa xorijdagi urushlarni oqlash osonlashadi”, - deydi u.
Ma’lumotlarga ko’ra, Pamela Geller yetakchiligidagi guruh 10 ta metro bekatida plakatlarni joylashtirish uchun 6 ming dollar to’lagan. Endi u poytaxt Vashington metrosida ham shunday kampaniya tashkil etish niyatida.