Breaking News

Toshkentda inson savdosiga doir anjuman boshlandi


Qariyb 30 jurnalist qatnashayotgan seminarda dunyoda va O'zbekistonda odam savdosiga bog'liq vaziyat muhokamada.
Qariyb 30 jurnalist qatnashayotgan seminarda dunyoda va O'zbekistonda odam savdosiga bog'liq vaziyat muhokamada.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Toshkentda O'zbekiston Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashda jurnalistlar o'rniga bag'ishlangan seminar boshlagan.

Yevropa tashkiloti va Bosh prokuratura Toshkentda inson savdosiga doir seminar boshladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:44 0:00

Qariyb 30 jurnalist qatnashayotgan seminarda dunyoda va O'zbekistonda odam savdosiga bog'liq vaziyat muhokamada. Xalqaro hisobotlarda zamonaviy qullik, odam savdosi bo'yicha O'zbekiston xavotirga molik davlatlardan deya ta'riflanadi.

AQSh yaqinda O'zbekistonni odam savdosiga qarshi kurashmayotgan davlatlar ro'yxatiga kiritdi. Mahalliy matbuotda bu hisobotlarga o'rin berilmaydi, majburiy mehnat tilga olinmaydi. Seminar vaziyatda o'zgarish qilishiga ham ishonch kam, deydi suhbatdoshlar.

Faollar, bu orada, YXHTning O'zbekistondagi idorasi inson haqlari, majburiy mehnat masalasiga mustaqil yondashmay qo'ygan, deb hisoblaydi.

Huquq himoyachisi Nadejda Atayeva nazarida mahalliy jurnalistlar jamoatchilikka hukumat istamagan ma'lumotni aytishi, vaziyat o'zbek matbuotida yoritilishi shubhali.

“Bu kabi seminarda O'zbekistonda majburiy mehnat, odam savdosi bilan bog'liq vaziyatdan xabardor mustaqil tahlilchilarning chiqishi gumon. Vaziyatni tanqidiy baholovchi mutaxassislar yo'qligi hukumat muammoni jamoatchilikdan yashirib kelayotgani, choralar ko'rishdan manfaatdor emasligini ko'rsatadi”, -deydi Atayeva.

“Global qullik indeksi”da qullikka tutilish bo'yicha mamlakat dunyoda beshinchi o'rinda. Tahlilga ko'ra, aholi majburan paxta terimiga safarbar qilinayotgani, xorijda turli noinsoniy sharoitga mahkum qilingan o'zbekistonliklar ham zamonaviy qullik qurbonlaridir.

Davlat departamenti shu oy boshida e'lon qilgan hisobotida O'zbekiston hukumatini odam savdosiga qarshi kurashmayotgan davlatlarning ro'yxatiga kiritdi. Bunga millionlab odamlar g'ayrixtiyoriy ravishda majburiy mehnatga safarbar qilinayotgani asos sifatida ko'riladi.

Faollar deydiki, O'zbekistonda seminarlar o'tayotgani ham, Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan muzokaralar yurtilayotgani ham o'zgarishga ishonch bermaydi. Huquq himoyachisi Abdujalil Boymatovning aytishicha, hukumat millionlab odamlarning majburiy mehnatidan voz kechish niyatida emas.

“Odamlar chopiqqa, pillaga, paxta terimiga, hammasiga majburiy ravishda safar qilinadi. Terimga chiqmaganlarga nisbatan jazo choralari qo'llanadi, ma'muriy bosimlar ishga solinadi. Zamonaviy qullik darajasida O'zbekiston Shimoliy Koreya bilan bir qatorda, bu sharmandalik”, - deydi Boymatov.

O'zbekistonda aholini majburiy mehnat, zamonaviy qullikka mahkum etuvchi tomon hukumatning o'zi sanaladi, tazyiqlar vaziyatni oshkor qilishga urinayotgan faollarga qaratiladi.

AQSh hukumati O'zbekistonni odam savdosiga qarshi kurashmayotgan davlatlar ro'yxatida qayd etishi huquq himoyachilari, ayniqsa, O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan “Paxta kompaniyasi” xalqaro guruhi tomonidan iliq kutib olindi.

Bu guruhga kiruvchi huquq himoyachisi Nadejda Atayeva deydiki, keng miqyosdagi xalqaro bosimlar O'zbekiston hukumatini bolalar mehnatidan voz kechishga majbur etdi. Ammo boshqa bir muammo - millionlab odamlar uchun majburiy mehnat masalasi dolzarblashdi, muammoni ko'tarishga uringan faollar esa tazyiq ostida qolishdi.

“AQSh hukumatining bu qarori maqtovga loyiq, chunki O'zbekistondagi bu boradagi vaziyat xolis baholangan. O'zbekiston vaziyatga Xalqaro Mehnat Tashkilotini nomiga aralashtirishi ham, majburiy mehnat yuzasidan faollarga o'tkazilgan tazyiqlar ham inobatga olingan”, - deydi u.

Rasmiy Toshkent mamlakatda majburiy mehnat mavjudligini rad etib keladi. Ammo har yili paxta terimi mavsumi boshlanishi bilan millionlab odamlar dalagaga olib chiqiladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG