BMTga a’zo davlatlar asr boshida Mingyillik rivojlanish maqsadlarini belgilab, marrani 2015-yilga borib zabt etish kerakligini ta’kidlagan. Qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish, barcha uchun boshlang’ich ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, erkak va ayollar o’rtasida tenglikni kafolatlash ana shu maqsadlar jumlasidan. Jahon bankiga ko’ra, ko’p mamlakatlar bu vazifalarni uddalamoqda. Muvaffaqiyat ortidagi muhim omil – urbanizatsiya, ya’ni shahar aholisi sonini ko’paytirish.
“Global Monitoring-2013” sarlavhasi ostida chop etilgan hisobotda Jahon banki “Mingyillik taraqqiyot maqsadlari”ga erishishda urbanizatsiya asosiy rol o’ynaydi, deya xulosa qiladi.
Misol uchun, ko’p sonli Sharqiy Osiyoni olaylik. Xususan, Xitoyda kambag’allar sonini kamaytirishda jiddiy muvaffaqiyatga erishildi. Aholisining 70 foizi qishloqlarda yashaydigan Afrika mamlakatlarida esa qashshoqlar ko’pligicha qolmoqda.
Yana bir ko’rsatkich: yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida o’lim hollari Markaziy Osiyo va Lotin Amerikasining shaharlarida qishloqlarga qaraganda deyarli to’qqiz foizga kamroq.
Hisobot muallifi Yos Verbik buni shunday tushuntiradi:
“Shaharlarda iqtisodiyot faol, iqtisodiy o’sish kuzatiladi, ish joylari ham ko’p. Demak, qishloqqa qaraganda shaharda kambag’allar ham kamroq. Masalan, dunyo miqyosida qishloqlarda qashshoqlik darajasi 29,5 foizga teng bo’lsa, shaharlarda 11,5 foizni tashkil etadi”.
Shaharlarda ta’lim olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengroq, sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshiroq. Elektr toki va suv ta’minotida uzilishlar kam. Shaharlar kengaysa, yangi dahalarda suv ba gaz inshootlari tezroq quriladi va arzonroqqa tushadi. Qishloqlarda esa har doim ham bunday inshootlar qurishning iloji yo’q, ko’p mablag’ talab qilinadi.
Lekin shaharlarning kengayishini nazorat qilish va rejalash kerak, deydi Jahon banki rasmiysi. Aks holda shahar tevaraklarida boshpanasiz, chaylalarda yashab, kun kechiradigan kambag’allar ko’payadi.
“Shaharda ro’yxatdan o’tmagan odam davlat muassasalari xizmatlaridan foydalana olmaydi. Masalan, davlat kasalxonasiga borsa, propiska qani deb, tibbiy xizmat ko’rsatmasligi mumkin. Bu jiddiy muammo,” - deydi Verbik.
Shahar va qishloqlardagi vaziyatni yaxshilashning yagona yo’li mablag’ ajratish, deydi suhbatdosh. Jahon banki neft va gazga boy davlatlar hukumatlariga shu boyliklar savdosidan tushgan foydani sog’liqni saqlash va ta’lim sohalariga sarflashni tavsiya etadi. Ayrim hukumatlar faqat davlat byudjetidan mablag’ ajratsa, boshqalar xususiy sektorni ham hamkorlikka undaydi, xususiy klinika va oliygohlar ochishini rag’batlantiradi.
Verbikning aytishicha, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo’llab-quvvatlash va pirovardida, kambag’allikka qarshi kurashishning turli yo’llari bor. Muhimi shundaki, deydi u, qishloq aholisi uchun ham mablag’ ajratish kerak.
“Qishloqlarda yashaydiganlar shaharlarga ko’chib o’tmoqchi bo’lsa, ularga yangi kasb egallash, ish topishda davlat yordamlashsin”, - deydi Jahon banki mutaxassisi.