AQShda chekish, ichkilik va qoradori/Smoking, drinking and drugs
Your browser doesn’t support HTML5
Amerikada chekish modadan qolgan desak xato bo'lmaydi. Qo'lida sigaret tutdan odamga jirkanch bilan qarashadi. Masalan Chikago ko'chalarini aylanib yurib chekayotgan biror odamni ko'rmadik. Restoranlarda man etilgan, jamoat joylari, hatto xususiy mulklar oldida ham cheka olmaysiz. Tamaki ishlab chiqaruvchilar tobora kuchli bosim ostida.
Tamaki chetga surilsa-da, qoradori va alkogolga talab bu jamiyatda bag'oyat katta. Biz turgan Chikagoda ham bu katta muammo. Jinoyatchilik keng tarqalgan bu shaharda narkomaniya darajasi ham yuqori. Sabab - iqtisodiy nochorlik deydiganlar ko'p. Lekin o'tgan yillar ichida bir necha mashhur amerikalik bu illat qurboni bo'lgani odamlarni ancha o'ylantirib qo'ygan. Uitni Xyuston, Maykl Jekson, Kit Ledjer… Jahon estradasi va kino yulduzlarining fojiali o'limi narkotik va spirtli ichimliklar iste'moliga e'tibor qaratdi. Ruhiy tushkunlik va depressiya kabi tub masalalar muhokamada.