Afg'oniston va AQShdagi saylovlar/US-Afghanistan

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada prezidentlikka kim saylanishidan qat'iy nazar bu davlat Afg'onistonni 2014-yilda tark etadi. Vashington bu qarorida qat'iy. Kelajak afg'onlarning o'z qo'lida, deydi arboblar. Lekin 11 yildan beri farzandlari bu urushda xizmat qilgan, o'g'il va qizlari majruhlanib qaytgan, uzoq yurtdagi qonli janglar uchun milliardlab dollar sarflagan amerikaliklar qanday fikrda?