AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov/Kerry-Kamilov meet
Your browser doesn’t support HTML5
KERRI: "Bugun biz xavfsizlik va o'zaro yordam masalasi haqida gaplashib olamiz. O'zbekiston bizga juda, juda muhim sohada yordamlashmoqda, Afg'onistondagi kuchlarimizga zarur mahsulotlarini yetkazib berishda. Shuningdek, bu davlat Afg'onistondagi yangi insfrastruktura tizimlari barpo etish, temir yo'lni yaxshilash hamda elektr toki bilan ta'minlashda ko'maklashayapti. Bugun muhokama qilinadigan yana bir masala -- inson huquqlari. Shuningdek, boshqa mavzular ham bor. Tashqi ishlar vazirini olqishlayman va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz".
KOMILOV: "Bugungi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar masalalar yuzasidan fikr almashamiz. Albatta, Afg'oniston muammosini muhokama qilamiz. Qo'shma Shtatlar bilan hamkorlik biz uchun muhim va bunday hamkorlik Afg'onistonga tinchlik va barqarorlik olib kelishida va butun Markaziy Osiyo tinch yashashida o'ziga xos rol o'ynaydi".