Nur Muhammad Qoraxon bilan uyg'ur xalqi va kelajagi haqida suhbat - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Uyg’urlar qayerda bo’lmasin, vatansiz, davlatsiz xalq degan ta’rifni eshitadi. Jahon uyg’urlari kongressi, Germaniya va Amerikadan turib yuritiladigan tashkilot ta’biricha, bugun uyg’urlar uchun Xitoydek qudratli kuch hamlasidan tirik qolish, bu xalq dardini jahon ommasiga olib chiqish, G’arb ko’magi bilan bu elatni saqlab qolish – eng asosiy vazifa. Uyg’ur-Amerika uyushmasi va Jahon uyg’urlar kongressi shu bois siyosiy-information targ’ibotga zo’r bermoqda.    Lekin ayrim uyg’urlar fikricha, xalq madaniyati va ma’rifati hamda uning tirikchiligiga e’tiborni pasaytirish uzoq muddatda qimmatga tushishi muqarrar. Qirg’izistonda ko’zga ko’ringan arboblardan biri, tijoratchi va sobiq deputat Nur Muhammad Qoraxon shulardan biri. Qirg’iziston uyg’ur ittifoqining sobiq rahbari, shuningdek, Markaziy Osiyo uyg’urlari uyushmasining sobiq vitse-prezidenti.           U o’zining 2013-yilda Bishkekda uch tilda nashr etilgan kitobida jamoaning iqtisodiy taraqqiyoti, yashayotgan jamiyatdagi o’rni, madaniy tushuncha va mafkurasi, birdamlikka yetaklovchi axborot vositalari, ilm va kasbli bo’lish ahamiyati hamda siyosiy nufuzni oshirish uchun muhim bo’lgan boshqa ko’plab omillar haqida yozadi. Kitob “Men uyg’ur” deb nomlangan. Birinchi nashri 2009-yilda chiqqan.