Din

Abu Muslim aslida kim? Bir lagan beshbarmoq ustida suhbat

Adham Atajanov marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdi (Facebook)

Adham Atajanov, sobiq muftiy, marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdi bo'lib, global tarmoqda Abu Muslim nomi bilan tanilgan. O'zini yetakchi deb atamasa-da, Abu Muslim bloger, tahlilchi va muharrir sifatida o'n minglab muxlislarga ega, xususan ijtimoiy tarmoqlarda. "Amerika Ovozi" yaqinda u bilan Toshkentda muloqot qildi. Suhbatdoshimiz - Bektemir tumanidagi "Beshbarmoq" restorani egasi. E'tiqod, siyosat va hayot haqida gaplashdik.

Abu Muslim global tarmoqda qairyb 20 yildan beri faol, o'n minglab muxlisga ega

Bir lagan beshbarmoq ustidagi suhbatda aniqlaganlarimiz:

- Abu Muslim aslida musulmon oilada tug'ilmagan

- Abu Muslim aslida polyak va koreys farzandi

- Abu Muslim katta oiladan lekin ota-onasidan keyin yetimxonaga berilgan va qozog'istonlik o'zbeklar tomonidan asrab olingan

- Abu Muslim O'zbekistonda tug'ilgan lekin qo'shni davlatda katta bo'lgan

- Abu Muslimda pasport yo'q; 43 yoshida u asosiy hujjatsiz kun kechirmoqda

- Abu Muslimning katta o'g'li O'zbekiston armiyasida xizmat qilgan, ammo u ham pasportsiz

- Abu Muslimning to'rt farzandi bor; rafiqasi Qozog'iston fuqarosi va restoranning bosh oshpazi.

- Abu Muslimning "Beshbarmoq" restorani oilaviy biznes

- Abu Muslim islomiy saytlarni daromad uchun emas, ko'ngilli ravishda yuritadi

- Abu Muslim qator kitoblar mualligi - tarix, siyosat va ijtimoiy masalalar borasida tahliliy asarlar

Abu Muslim yuritadigan saytlardan biri

Suhbatdoshimizga savollar

- Abu Muslim o'zini nega lider deb bilmaydi?

- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga qachon va qanday qilib shogird tushgan?

- Bugungi kunda nega shayxdan qolgan saytlarda ishlamayapti?

- Abu Muslim aslida kim?

- O'zi tug'ilgan zaminda muhojir sifatida yashash, biznes qilish qanchalik qiyin?

- Nega voyaga yetgan Qozog'istonga yoki boshqa davlatga ketmadi?

- Islomiy saytlarni yuritishda bugungi O'zbekistonda qanday qiyinchiliklar bor?

- Dunyoviy tuzum nima ekanini qanchalik tushunadi?

- Diniy sohada qanday islohotlar zarur?

- Dindor bloger va faol musulmon sifatida biror bosim ostidami?

- O'zbekistonda so'nggi ikki yilda nima o'zgardi, nima o'zgarmadi?

- O'zbekistonda ekstremist qarash qanchalik kuchli?

- Mutaassiblikka qarshi qanday kurashmoq kerak?

Abu Muslim bilan yuzma-yuz suhbatni tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Abu Muslim aslida kim? Beshbarmoq ustida suhbat