Afg’onistonda erkin matbuot himoyasi bilan mashg’ul “Nay” tashkilotining yillik hisobotiga ko’ra, 2018-yilda OAVga qarshi 198 ta zo’ravonlik hollari qayd etilgan. 20 nafar jurnalist va matbuot xodimi halok bo’lgan, 20 nafari yaralangan.
“Nay” tashkiloti 2018-yil Afg’oniston matbuotni uchun eng qonli va eng xavfli yil bo’lganini aytadi. Zo’ravonlik hollari ko’lami 2017-yilga nisbatan 18 foizga oshgan.
“Jurnalistlarni haqorat qilish, do’pposlash kabi voqealar ham kuzatilgan. 35 nafar jurnalistning ko’pchiligi davlat harbiylari tomonidan do’pposlangan. 9 nafar jurnalist hukumat tomonidan qisqa muddatli hibsga olingan”.
Matbuot himoyasi bilan shug’illanuvchi “Nay” tashkiloti hukumatdan jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashni so’raydi. Tashkilot ayni holda, zo’ravonlikka qo’l urgan odamlarning jazolanishini ham talab qiladi.
Moliya - dolzarb masala.
“Zo’ravonliklardan tashqari ommaviy axborot vositalari jiddiy moliyaviy muammolar bilan ham yuzlashmoqda”,- deydi tashkilotning ijrochi raisi.
Hukumat doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlashga ta’kidlaydi.
Joriy yilda prezident qaroriga asosan radio, gazeta, nashriyotlarning barcha jarimasi kechirilgan edi.
2001-yili Tolibon hokimiyatdan ag’darilar ekan, demokratik davrning asosiy yutuqlaridan biri matbuotdagi so’z erkinligi ekani e’tirof etiladi.