O'zbekiston kapital bozorini qanday qilib rivojlantirmoqchi?

O'zbekistondagi yangi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Vashington, 18-iyul, 2019

Yangi O'zbekistonga yangi bozorlar va yangi yo'nalishlar kerak, deydi mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mana shu maqsadda ochilgan yangi idoralardan biri. Uning rahbari Otabek Nazirov deydiki, respublikada kapital bozoriga ehtiyoj katta.

Nazirov shu kunlarda Vashinton va Nyu-Yorkda bo'lib, Amerika siyosiy, biznes va nohukumat doiralarning vakillari bilan muloqot qildi. AQSh Moliya vazirligi, Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi bilan muzokaralar olib bordi. Rasmiylar, ekspertlar va ishbilarmonlar uning agentligiga katta qiziqish bilan qarayotgani va hamkorlikka shay ekanini aytdi.

"O'zbekistonda banklardan tashqarida hisobimizcha 10-30 milliard dollar kapital bor. Uni kapital bozoriga olib kirish mumkin", - deydi Nazirov "Amerika Ovozi" bilan TV suhbatda. ​

Your browser doesn’t support HTML5

Otabek Nazirov: O'zbekistonda kapital bozoriga talab katta

Xo'sh, kapital bozori, uzoq muddatni ko'zlab pul tikishga tayyor tomonlar uchun imkoniyat beruvchi tizim deganda O'zbekistonda nimani tasavvur qilish kerak?

O'zbekistonda banklardan tashqarida hisobimizcha 10-30 milliard dollar kapital bor. Uni kapital bozoriga olib kirish mumkin

Agentlik kim bilan ishlaydi?

O'zbekistonda mahalliy sarmoyadorlar va salmoqli moliyaga ega tomonlar o'zi ko'pmi?

Banklardan tashqarida qancha kapital bor?

Uni bozorga olib kirish uchun nima qilmoq zarur?

O'zbekiston dunyoda eng katta kapital bozoriga ega AQShdan bu borada qanday yordam so'ramoqda?

Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondidan-chi? Ular qanday ko'mak ko'rsata oladi?

Otabek Nazirovning zimmasiga Prezident Mirziyoyev qanday vazifalarni yuklagan?

Javoblarni intervyudan olasiz. Nazirov va u bilan kelgan yuqori darajali delegatsiya Vashingtonda O'zbekiston elchixonasida ham davra suhbati o'tkazdi. Quyida mana shu tadbirdan bir shingil.

Your browser doesn’t support HTML5

Uzbekistan Q&A with VOA: Justice Minister and Capital Markets Development Agency Director