Bomiyonda biznes ochib, xalqdan rahmat olayotgan ayol

  • Amerika Ovozi

Bomiyon, Afg'onistonning tog'li, so'lim hududlaridan biri

Afg’onistonning Bomiyon viloyatida poyafzal ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan ayol yurtdoshlari hayotiga ijobiy o’zgarishlar olib keldi.

Uzro La’li 15 yildan beri shu hududda mehnat qiladi.

2500 dollar sarmoya bilan bugun 50 xotin-qizni ish bilan ta’minlagan.

Uzroning asosiy maqsadi biznes, lekin Bomiyonga xos uslublarni ham targ’ib qilmoqchi.

“Oyoq kiyim, sumka, gilam va paypoqlar ishlab chiqaramiz. Jundan va an’anaviy uslubda", - deydi Uzro.

Your browser doesn’t support HTML5

Bomiyonda biznes ochgan ayol yurtdoshlaridan rahmat olmoqda

Uzroning kompaniyasi hozir Kobul, Jalolobod va hatto xorijda ham bo’limlarga ega.

“Mahsulotlarimiz yaxshi sotilmoqda. Ishchilarim hayotidan mamnun. Maoshlari oshib borayapti”, - deydi Uzro.

Lekin Afg’onistonda maoshga kun ko’rish qiyin. Ammo ayollar xursand.

“Noliy olmayman. Oyligim 25 dollar. Bolalarimni boqishga yetib turibdi. Ishim yoqadi. Har kuni yangi bir narsa o’rganaman”, - deydi xodimlardan biri.

“Ishimiz og’ir emas. Rohatlanib ishlaymiz. Maoshimiz ham uy-ro’zg’orga yaxshigina hissa bo’layapti”, - deydi yana bir ishchi ayol.

Afg’oniston Xitoy mahsulotlariga to’la. Bu kompaniya mahsulotlari arzonroq va mahalliy ekani bilan ajralib turadi.

“Tufli va sumkani 2,5 dollarga sotayapmiz. Xitoy mahsulotlarining sifati past va biznikidan qimmatroq”, - deydi biznes boshqaruvchi Rohila.

Mahsulot-ku raqobatbardosh, lekin tok uzilib qolish hollari hamda hukumatning bunday bizneslarga imtiyoz bermasligi – katta muammo.