"Tojiklar" asari muhokamada

Your browser doesn’t support HTML5

Tojikiston rahbari Emomali Rahmon "Tojiklar" asarini har bir oilaga tarqatish topshirig‘ini berdi. Ammo xorijda yashayotgan tarixchi olim Luqmon Boymatov bu holatni tanqid qilib, "olimning "Tojiklar" asari but emas va tojikistonliklar xonadoni butxona ham emas", deya ta'kidladi.
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon "Tojiklar" asarini har bir oilaga tarqatish topshirig‘ini berdi. Bu taklifni parlament deputatlari olqishlab kutib oldi.

Ammo xorijda yashayotgan tarixchi olim Luqmon Boymatov bu holatni tanqid qilib, "olimning "Tojiklar" asari but emas va tojikistonliklar xonadoni butxona ham emas", deya ta'kidladi.

Shuningdek, kelajakda millat tarixini masxara qilinishiga dalil bo‘lib qoladigan ishlarni qilmaslik kerakligini aytdi.

Boshqa bir tarixchi olim Jo‘rabek Isomaddinov esa, bu asar garchand "Tojiklar" deb nomlansa ham, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining paydo bo‘lishi, bu hududni Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon, arablar va ruslar tomonidan bosib olinishini yoritib berishini aytib, asarni ommaviy targ‘ib etish xatarli, zararli yoki kulgili emas, degan fikrlarni ilgari surdi.

Qishloq maktabi o‘qituvchisi Zamon Primqulov esa, kecha sovet xalqi yaratmoqchi edilar, bugun tojik, o‘zbek deyishyapti, kelajakdagi qarashlar qanday bo‘lishini tarix ko‘rsatadi, deydi.