20-mart kunining yakunida AQShda koronavirusga chalinganlar 18 mingdan oshdi, o'lganlar soni esa qariyb 240. Favqulodda holat hukmron. Ayrim shtatlar aholidan umuman tashqariga chiqmaslikni so'ramoqda. Amerikaga immigratsiya qilish yoki sayohat uchun murojaat qila olmaysiz, chunki bu tizimlar faoliyati deyarli to'xtagan. AQSh chegaralaridan o'ta zarur hollardagina o'tish uchun ruxsat bor. Davlat o'z fuqarolari vataniga qaytishi uchun sharoit yaratib beradi, kerak bo'lsa, harbiy samolyotlar safarbar etiladi, deydi Prezident Tramp. "Amerika Ovozi" teleradiosining bir xodimi ham koronavirusni yuqtirgan.
AQSh yopiq; koronavirusga qarshi keskin choralar
Your browser doesn’t support HTML5
20-mart, 2020: AQShda koronavirusga chalinganlar 18 mingdan oshdi, o'lganlar soni esa qariyb 240. Ayrim shtatlar aholidan tashqariga umuman chiqmaslikni so'ramoqda. Amerikaga immigratsiya yoki sayohat uchun vizaga murojaat qila olmaysiz, chunki bu tizimlar faoliyati deyarli to'xtagan.