AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 7-dekabr kungi bayonotida bu davlat uchun diniy erkinlik va e’tiqod bilan bog’liq har qanday huquq eng ustuvor qadriyatlardan biri ekaniga urg’u berib, besh hukumat siyosatini keskin qoraladi: Myanma, Xitoy, Eritreya, Eron, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston.
Bu davlatlar – alohida xavotirga molik tuzumlardir, deydi Pompeo. Ular e’tiqod erkinlini qo’pol va muntazam ravishda buziladi, bu harakatlarga hukumatning o’zi bosh-qosh yoki bunday huquqbuzarliklarga ataylab ko’z yumadi.
AQShda 1998-yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, davlat diniy huquqlarni oyoq osti qilinadigan mamlakatlar bilan hamkorlikni cheklashi va ularga nisbatan chora ko’rishi lozim.
Kuba, Nikaragua, Rossiya va yana bir necha davlat maxsus kuzatuv ostida. Al-Shabab, al-Qoida, Boko Haram, Tolibon va qator guruhlar va harakatlar ham e’tiqod erkinligini poymol etib kelayotganlikda qoralanadi.
Buni ham ko'ring AQSh: O'zbekiston erkinlashsa, faqat foyda ko'radiAQSh ekstremist va terrorist guruhlarga insonlarni dini uchun azoblashga yo’l qo’ymaydi, deydi Pompeo. Vashingtonning bu boradagi yondashuvi o’zgarmas, deya qo’shadi u.
“Ijobiy o’zgarishlar ham bor. Sudan va O’zbekiston maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro’yxatidan chiqarildi, chunki hukumatlar o’tgan yil davomida salmoqli va konkret o’zgarishlar qildi”, - deya e’lon qildi davlat kotibi.
Buni ham ko'ring AQSh-O'zbekiston: Diniy erkinlik kengayishi uchun nima qilmoq zarur?Pompeo deydiki, bu mamlakatlarda islohotlar davom etib, qonunlar yangilanmoqda va ular amalda sezilib, bu jarayonlar boshqa davlatlarga ham o’rnak bo’la oladi.
“Ammo oldinda ishlar ko’p. Qo’shma Shtatlar dunyo bo’ylab diniy huquqlar buzilishiga qarshi kurashni to’xtatmaydi. Har bir inson qayerda yashashidan qat’i nazar har doim o’z vijdoniga quloq solgan holda hayot kechirishga haqli”.
O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobovga ko'ra, bugun respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Tramp ma'muriyatining Diniy erkinlik bo'yicha maxsus elchisi Samuel Braunbek telefonda muloqot qilgan.
Tomonlar nazarida bu boradagi hamkorlik samara bermoqda. O'zbekiston yillar davomida alohida xavotirga molik davlat sifatida ko'rilgani, keyinchalik bu ro'yxatdan chiqarilib, maxsus kuzatuvga qo'yilgani va muayyan shartlar asosida yangi bir davrga qadam qo'yayotgani konstruktiv jarayonlar mahsuli, deydi Amerika diplomatlari.
Buni ham ko'ring O'zbekistonda besh diniy muassasa ish boshladiXususan, O'zbekistonda diniy tashkilotlarning ro'yxatga olinishi borasida yangiliklar kuzatilgan, shuningdek, diniy sabablar bilan qamalgan shaxslarning ishlari qayta ko'rib chiqilgan va chiqilmoqda, katta qismi afv etilgan.
Huquq faollari tahlilicha esa vaziyat hamon talabga javob bermaydi. O'zbekiston hukumati xalqaro maslahat va tavsiyalarga binoan tizimni tubdan isloh qilishi lozim, deya qayd etadi ular.
Braunbek ham Pompeo singari e'tiqod erkinligi targ'iboti AQSh uchun eng yuqorida turadigan yo'nalishlardan biri ekanini e'tirof etib, O'zbekistonni ijobiy o'zgarishlar qilishga undaydi va islohotlarlarni to'xtatmaslikka chaqiradi.
AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilib keladi va qator tavsiyalar bergan. Uning ekspertlari hozirgi ahvolni tekshirish bilan band.