Breaking News

Akmal Saidov: O'zbekistonda vijdon erkinligi bo'yicha hech qanday muammo yo'q


Akmal Saidov: O'zbekistonda vijdon erkinligi bo'yicha hech qanday muammo yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:55 0:00

Oliy Majlis a'zosi Akmal Saidov deydiki, O'zbekiston "alohida xavotirga molik mamlakat" emas va bo'lmaydi. Vijdon erkinligi bo'yicha hech qanday muammo yo'q, deydi u, Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Toshkentdan kelgan delegatsiya AQSh rasmiy va nohukumat doiralari bilan muloqotda.

Oliy Majlis a'zosi, Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov ayni damda Vashingtonda. Saidov AQShga O'zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Senator va uning Tashqi ishlar qo'mitasi raisi Alisher Kurmanov, Islom madaniyati markazi rahbari Shoazim Minovarov bilan kelgan. Maqsad nima? Bugungi O'zbekistonda e'tiqod erkinligi bilan bog'liq vaziyat qanday ekanini Saidov AQSh hukumati, nodavlat tashkilotlari va taqvodorlariga qanday tushuntirmoqda. Deputatning Amerika Ovozi bilan muloqotini tomosha qiling.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG