Ular afg‘on ayollarining huquq va erkinliklarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.
“Ularning har biri jasur, o’z sohasida afg‘on ayollariga yetakchi bo‘la olgan”, - deydi “Lantos” Jamg'armasi rahbari Katrina Lantos Svett.
Sovrindorlardan biri Roya Mahbub Afg’onistonda o’zining IT kompaniyasiga asos solgan. Xotin-qizlar ta’limini qo’llab-quvvatlab keladi.
"Afg’onistonda ko’plar hali ham orzularini ro’yobga chiqara olmaydi. Tolibon qizlarning o’qishini taqiqlagan. Afg’onistonda 25 yoshdan kichik bo’lgan 27 million aholi bor. Ularning ta’lim olish, adolat va erkinlik huquqlarini e’tiborsiz qoldira olmaymiz”, - deydi u.
Tolibon hokimiyatga qaytgach, xotin-qizlarga nisbatan cheklovlar qo’ydi, haq-huquqlarini cheklashda davom etmoqda. Ko’plab yetakchi ayollar mamlakatni tark etgan. Ba’zilari xorijdan turib bo’lsa ham, mamlakatni rivojlantirishga urinmoqda.
“Albatta, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qisqa va uzoq muddatli rejalarimiz bor”, - deydi Oliy sudning sobiq sudyasi Favziya Amini.
Tolibon yaqinda ayollarga jamoat joylarida yuzini yopib yurishni buyurdi. Xotin-qizlarning yolg’iz safarga chiqishi taqiqlangan. Hukumat tarkibida ishlaydigan ayollarning aksariyati ishdan bo’shatilgan. Oliy ta’lim qat’iy jinsiy segregatsiya asosida yo’lga qo’yilgan. Maktablarda yuqori sinf o’quvchi qizlari hanuz uyda qolmoqda.