AQSh: "Markaziy Osiyoda suverenitet va mustaqillik uchun sarmoya qilamiz"

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha muovini Donald Lu "Amerika Ovozi" bilan suhbatda aytishicha, Bayden ma'muriyati mintaqadagi strategik sheriklari bilan hamnafas va ular bilan oldi-berdi kengayaveradi. "Siyosatimiz o'zaro manfaatlarga asoslangan", - deydi yetakchi diplomat. Lu AQSh harbiy rahbarlari tez-tez tilga oladigan bir maqsadni ham tasdiqladi: Vashington Afg'onistonning qo'shnilari bilan kontrterrorizm yuzasidan ishlashni kuchaytiradi. Biroq, deydi u, Amerika inson huquqlari va demokratiya targ'ibotiga ham zo'r beradi. AQSh mintaqa davlatlariga Ukrainadagi urush sabab Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar ta'siriga qarshi yordamlashmoqda. Biroq uning nazarida AQShning hozirgi paytda Markaziy Osiyoga eng muhim yordami - suverenitet va mustaqillikni quvvatlash. "Biz davlatchiligingiz abadiy bo'lsin, deymiz", - deydi Lu.