Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti 30-yillik mukofoti uchun 15 jurnalist va axborot vositasi ko'rib chiqilayotganini e'lon qildi. Taqdimot marosimi 12-dekabr kuni Fransiya poytaxtida o'tadi.
"Tashkilotimiz sovrinlari jurnalistika tamoyillarini eng yuksak darajada aks ettirgan insonlarga beriladi. Raqamli texnologiya asrida jurnalistika tinimsiz sinovda, ammo jasorat va mustaqillik hamon qadrlanadi, ta'sirchan materiallarga talab o'sha-o'sha", - deydi Kristof Delua, "Chegara bilmas muxbirlar" rahbari.
Tadbirda 2021-yilda Nobel mukofoti sohibi bo'lgan rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov qatnashishi kutilmoqda.
Buni ham ko'ring O'zbekiston matbuot erkinligi indeksida 24 pog'ona ko'tarilgan, ammo progress kuzatilmaganUch sovrindor tashkilot mukofotlarinig laureatlati turkiyalik Jan Dundar, misrlik jurnalist Lina Attala va maltalik jurnalist Metyu Karuana Galiziya tomonidan taqdim etiladi.
Jami 15 nomzod muhokamada: jasorat uchun mukofotga besh kishi, mustaqil jurnalistika uchun mukofotga besh kishi va jurnalistik ta'sir uchun mukofotga besh kishi.
Ular Xitoy, Eron, Ukraina, Afg'oniston, Myanma, Mali, Braziya, Gretsiya, Filippin, Marokash, Hindiston, Yaman, Nikaragua va Qirg'izistondan.
Qirg'izistonlik nomzod Bolot Temirov mamlakatida korrupsiya hollarini yoritib tanilgan va tazyiqqa uchragan.