Gruziya bo'ylab hukumatga qarshi kayfiyat avjida. Muxolifat o'z tarafdorlarini namoyishlarni to'xtatmaslikka, demokratiya talabini kuchaytirishga undamoqda.
Birlashgan milliy harakat, asosiy muxolifat, sobiq prezident Mixail Saakashvili tomonidan asos solingan. Panjara ortidagi Saakashvili ayni damda kasalxonada va o'layotgani haqida ogohlantirib kelmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, siyosatchini zaharlashgan. Saakashvili unga qarshi kuchlar ortida Rossiya turganini aytadi va G'arbdan yordam so'ramoqda.
Uning tarafdorlari gruzin, ukrain va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko'tarib, mamlakat kelajagi Gruziya bilan, deya hayqirmoqda.
"Yashasin Misha!" degan shiorlar ham keng tarqalgan. Saakashvilining mansabni suiiste'mol qilganlikda aybdlab, olti yilga qamash, muxolifat nazarida, unga qarshi siyosiy hamla va asossiz.
Shifokorlar sobiq prezidentning ahvoli og'ir ekanini aytib, uni xorijda davolash zarurligini ta'kidlagan.
Amaladagi "Gruziya orzusi" partiyasi Saakashvili va boshqa muxolifatchilarni qamashda va ezishda ayblanadi, shuningdek, mustaqil mediaga qarshi bosimlarda hamda zimdan Kreml nazorati ostida ekanlikda. Pariya Gruziyani ataylab Yevropadan uzoqlashtirmoqda, deya tanqid qiladi fuqarolar.
Birlashgan milliy harakat raisi Levan Xabeishvili deydiki, siyosiy mahbuslar darhol ozod etilishi kerak va mamlakatda islohotlar boshlanishi shart. Tbilisi Yevropa Ittifoqiga kirishga nomzod bo'la olishi uchun hali qancha ishlar qilinishi kerak, deya eslatadi u.
"Gruziya hukumati Moskva tizgini ostida. Biz vatanimizni Rossiya laychalaridan himoya qilishimiz kerak", - deydi sobiq prezident Giorgi Margvelashvili namoyishchilarga qarata.
"Biz erkinlkni sevadigan xalqmiz. Biz Yevropaning bir qismimiz. Rossiyaga aslo qul bo'lmaymiz", - deydi Margvelashvili.
27 yoshli rassom Luka Kavsadze deydiki, namoyishlar tinch va shunday o'tishi kerak. Muddao aniq, deydi u, Yevropa Ittifoqiga kirish.
Rossiyadagi kabi G'arbdan yordam olganlarga "xorijiy agent" maqomini berish haqidagi qonun loyihasi Gruziyada keskin qarshilik uyg'otib, o'tgan oy yuzlab ming odamlar ko'chaga chiqdi. Hukumat bunday bosim ostida loyihani chetga surishga majbur bo'ldi.
"Gruziya orzusi" va hozirgi rahbariyatga ko'ra, davlat Yevropa Ittifoqi va NATOga kirish qarorida qat'iy. Bu maqsadlar mamlakat konstitutsiyasida ham aks etgan.
So'nggi ommaviy so'rovlarda 80 foizdan oshiq respondent har ikki blokka a'zo bo'lish kelajak farovon bo'lishi kafolatidir, deya bildirgan.
Vashington o'tgan hafta Gruziyaning to'rt yuqori sudyalarini korrupsiyada ayblab, sanksiya qo'ygan.
AQSh hukumatida ham Tbilisi Moskvadan buyruq olmoqda, deya xavotir va shubha kuchaygan.
O'tgan yili Gruziya Ukraina va Moldova qatori Yevropa Ittifoqiga kirish uchun hujjat topshirgan. Ittifoq Kiyev va Kishinyovga nomzod maqomini bergan, ammo Tbilisi hali islohotlarni amalga oshirishi kerak, deya talablarni eslatgan.