Xitoy chorshanba kuni Falastin Prezidenti Mahmud Abbosning Pekinga tashrifi chog'ida Falastin ma'muriyati bilan "strategik hamkorlik" o'rnatilganini ma’lum qildi.
Bu AQSh bilan raqobatlashayotgan Pekinning Yaqin Sharqda siyosiy va iqtisodiy taʼsirga ega boʻlish yo’lidagi yana bir qadami ekani aytilmoqda.
Xitoy o'zining harbiy va tijoriy mahsulotlari eksporti uchun yangi energiya manbalari va bozorlarni qidirmoqda. Shuningdek, u Rossiya bilan birgalikda G'arb yetakchiligidagi demokratik dunyo tartibiga qarshi avtoritar hukumat versiyasini ilgari surmoqda.
Pekin anchadan beri Falastin ma'muriyati bilan diplomatik aloqalarga ega; Isroil va Falastin rasmiylari bilan uchrashish uchun maxsus vakil ham tayinlagan. Ammo uning mintaqadagi ishtiroki, asosan, qurilish, ishlab chiqarish va boshqa iqtisodiy loyihalar bilan cheklangan.
Mahmud Abbos Xitoy poytaxtidagi Xalq majlislari zalida to‘liq harbiy sharaf bilan kutib olindi.
Buni ham ko'ring Arab ligasining Shinjonga tashrifi Pekin uchun propaganda“Biz yaxshi doʻst va hamkormiz, - dedi hukmron Kommunistik partiya rahbari Si Zinpin uchrashuv chog’ida. - Biz har doim Falastin xalqining qonuniy milliy huquqlarini tiklash bo‘yicha adolatli ishini qat’iy qo‘llab-quvvatlab kelganmiz”.
“Xitoy Falastin masalasini imkon qadar tezroq, keng qamrovli, adolatli va davomiy hal etish uchun Falastin tomoni bilan muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirishga tayyor”, — deya qo’shimcha qildi u.
Si strategik hamkorlikni “ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi muhim bosqich” deb atadi, biroq uning moliyaviy tafsilotlari haqida gapirmadi.
Abbosning aytishicha, Falastin ma'muriyati "Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirishni" va sarmoyalar kelishini intiqlik bilan kutmoqda.
"Biz Xitoy tomonining Falastin taqdim etgan bir qator rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish majburiyatini, ayniqsa, qadrlaymiz", - dedi u.
Xitoy o'zining diplomatik pozitsiyasini mustahkamlash hamda "Bir kamar, bir yo'l” tashabbusi doirasidagi infratuzilma bo'yicha kelishuvlarda yirik Xitoy korporatsiyalariga yordam berishda shunday siyosiy hamkorlikka tayanadi.
Buni ham ko'ring Xitoy, Eron va Pokiston terrorizmga qarshi kurash to'g'risida gaplashib oldiXitoy, shuningdek, diplomatik ishtirokini kengaytirish va yuqori texnologiyalardan foydalanish uchun Isroil bilan yaqin aloqalar o'rnatishga intilmoqda.
Abbosning tashrifi Xitoyning Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishi ortidan yuz berdi. Yaqin Sharqdagi bu ikki raqib oʻrtasida diplomatik aloqalarning tiklanishi Xitoyning mintaqadagi nufuzi oshganidan dalolat beradi.
Riyod va Tehron yaqinlashuvi Xitoyning diplomatik g'alabasi sifatida ko'rilmoqda. Fors ko'rfazidagi arab davlatlari Qo'shma Shtatlar mintaqadan asta-sekin chiqib ketayotganini sezmoqda, deydi kuzatuvchilar.