Afg‘onistondagi yuzlab ayollar, yangi so‘rov natijalariga ko‘ra, ayollarning ish va ta’lim olish imkoniyati tiklanmaguncha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tolibon hukumatini tan olmasligi kerak, degan fikrda.
Iyul oyida BMT ekspertlari bilan gaplashgan 592 nafar afg‘on ayolining 46 foizi “hech qanday sharoitda” jahon tashkiloti Tolibonni Afg‘oniston hukumati sifatida tan olmasligi kerak, deb aytgan.
So‘rov ishtirokchilarining yarmi Tolibon hukumatining har qanday tan olinishi ayollar huquqlari, jumladan, ularning ta’lim va mehnat huquqlari sezilarli darajada yaxshilanishiga bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
2021-yilda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Tolibon qizlar uchun o‘rta maktablar va universitetlarni yopdi; son-sanoqsiz yosh ayollarni ta’lim olish imkoniyatidan mahrum qildi va ayollarning ishlashiga keng qamrovli cheklovlar joriy etdi.
Yangi rejim ayollarning sport va ko'ngilochar maskanlarga kirishini ham chekladi. Natijada BMT va inson huquqlari tashkilotlari Afg'onistonni "gender-aparteid" ostidagi mamlakat deb atadi.
Ko'plab davlatlar Tolibondan tan olinishi uchun ayollarga qarshi siyosatdan voz kechishni, inklyuziv hukumat tuzishni va inson huquqlarini hurmat qilishni talab qilmoqda.
Biroq Tolibon rasmiylari o’zlarining Islom shariati qonunlari doirasida inson huquqlarini hurmat qilayotganini ta'kidlaydi.
Buni ham ko'ring Yordam ozligi bois Afg'onistonda qish juda og'ir kechishi mumkin"O'ylaymanki, bu holatda normallashtirish sari qadamlar qo'yib bo'lmaydi. Menimcha, xalqaro hamjamiyat o'rtasida birlik saqlanib qoladi, toki biz Tolibonning aholiga munosabatida sezilarli o'zgarishlarni ko'rmagunimizcha", - dedi AQShning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Tomas Uest.
“Afgʻonistonlik qizlarning taʼlim olish va ayollarning mehnat qilish huquqlari tiklanmaguncha, biz taslim boʻlmaymiz”, - dedi Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning onasi Tur Pekay dushanba kuni “Amerika Ovozi” Afgʻoniston xizmatiga bergan onlayn intervyusida.
Ahvol yomonlashmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻrovi, shuningdek, Tolibon hukmronligi ostida ayollarning salomatligi, daromadi va ijtimoiy taʼsirida ham sezilarli kamchiliklarni aniqladi.
Hisobotda aytilishicha, mutaxassislar bilan muloqot qilgan ayollar o'z hayotlarini zulmatda, kelajakka umidsiz holda uyga qamalgan mahbuslar sifatida tasvirlagan.
So'rovda qatnashgan ayollarning aksariyati, ya'ni 80 foizi daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanish qobiliyati pasayganini qayd etgan.
Iyul oyida Tolibon Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlarini taqiqlab, 4000 ga yaqin ayolni daromaddan mahrum qilgan edi.
Buni ham ko'ring Afg'onistonda jurnalistlar yangicha ro'yxatdan o'tishi kerakDaromadning yo'qolishi ayollarning ijtimoiy va oilaviy rollariga chuqur ta'sir ko'rsatdi va ularning uy xo'jaligi qarorlarini qabul qilishdagi ta'sirini pasaytirdi.
“Oltmish to‘qqiz foizi tashvish, yolg‘izlik va tushkunlik hissi sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi”, — deyiladi BMT hisobotida.
Afg‘on ayollarining ahvoli mamlakatda chuqurlashgan gumanitar inqiroz va gumanitar yordam mablag‘larining keskin qisqarishi tufayli yanada og‘irlashmoqda.
2023-yil uchun 3,2 milliard dollar mablag’ so’ragan BMTga ko’ra, 19-sentabr holati bo’yicha, talab qilinadigan mablag‘ning 28 foizdan kamrog‘i yig’ilgan, xolos. Bu taqchillik yordam agentliklarini zarur oziq-ovqat yordami va sog‘liqni saqlash xizmatlarini qisqartirishga majbur qildi. Bu esa millionlab zaif afg‘onlar, jumladan, ayollar va bolalar hayotini yanada og’irlashtiradi.