O`zbekiston mustaqil Falastin davlati tuzilishini istaydi, G´azo sektoridagi jabrlangan aholi uchun 1,5 million dollar qiymatidagi yordam ajratadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada 31-oktabr kuni Toshkentda ma`lum qildi.
Bungacha Toshkent urushni darhol to´xtatishga, ziddiyatni muzokara yo’li bilan ham etishga undab kelayotgan edi.
“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Mirziyoyev.
Prezidet yoshlarga ham murojaat qilib, ularni turli "yolg’on tashviqotlarga" berilmaslikka, qonunga zid harakatlar qilmaslikka chaqirdi.
Your browser doesn’t support HTML5
29-oktabr kuni 100 dan oshiq fuqaro Toshkent markazida Falastinni quvvatlab, namoyish o’tkazishga uringan edi.
Ular ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlanib, ma´lum muddat so’roq qilinib, qo’yib yuborilgan.
Gazeta.uz yoritishicha, namoyishga chiqqanlarning ayrimlari noqonuniy namoyish o’tkazishda ayblanib ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bu harakatlar, ya'ni odamlarning Falastinni quvvatlab chiqishga urinishi, O’zbekistonning Yaqin Sharqdagi urushga doir pozitsiyasi aniq bildirilishiga turtki bergan bo'lishi mumkin.
O´zbekiston nafaqat favqulodda namoyishlar, balki qonuniy norozilik namoyishlari o’ta kam kuzatiladigan davlatlar sirasida.
Yaqin Sharqdagi urush 7-oktabrdan XAMAS janggarilarini Isroilga bostirib kirishi, yuzlab isroilliklarni o’ldirishi, garovga olishi bilan avj oldi. Buning ortidan Isroil armiyasi XAMASga qarshi hujumlar boshladi. G’azo sektori hamon bombalar ostida.
Falastin Sog’liqni saqlash vazirligiga ko'ra, hozirgacha 8 mingdan oshiq falastinliklar o’lgan, ularning sal kam yarmi bolalar. Ammo bu raqamlarni mustaqil tekshirish imkonsiz.