O'tgan bir kun ichida Eron quvvatlovchi jangarilar AQShning Iroq va Suriyadagi qo'shinlariga kamida to'rt bor hujum qilgan. Salkam bir oyda bunday xurujlar 52 bor qayd etilgan.
"Bu hamlalar tugashi kerak, aks holda biz keskin choralar ko'rishga majburmiz", - deydi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Seulda media bilan gaplashar ekan.
12-noyabr kuni Suriyada AQSh bu jangarilarga tegishli ikki joyni nishonga olgan. Abu Kamol va Mayadin degan hududlarda ikki inshoot havo harakatlari orqali yo'q qilingan.
O'tgan oydan beri uch bor shunday amaliyot olib borildi. Eron Inqilobiy gvardiyasiga aloqador elementlarga qarshi hujumlarda qiruvchi samolyotlar va dronlar ishga solinmoqda.
Buni ham ko'ring Isroil-Xamas urushi fonida Eron yadro dasturi e'tiborsiz qoldiMaqsad, deya bildiradi Pentagon rasmiylari, Eronning proksi kuchlarini yo'q qilish. Ular Amerika kuchlariga otgan dronlar hech kimni o'ldirmagan.
56 zobit yaralangan. Jangarilar yanayam ko'proq zarar keltirishi mumkin va bunga yo'l bermaslik kerak, deydi qo'mondonlar.
Kamida ikki askar ko'rik va muolaja uchun Germaniyadagi gospitalga yuborilgan.
Iroqdagi harbiy bazada favqulodda vaziyat kuzatilayotgan paytda bir harbiy yurak xurujiga uchrab, jon bergan.
Ostin deydiki, jangarilarning hamlalari AQShni Yaqin Sharqqa qo'shimcha kuchlar safarbar etishga majbur qilmoqda.
Isroil-XAMAS urushi kengaymasligi kerak, deydi mudofaa vaziri. Eron Hizbulloh va Hutiylar kabi jangarilar ortidagi eng katta kuch, qolaversa AQSh va Isroil hamda ularning ittifoqchilari terrorist deb hisoblaydigan XAMASni ham yoqlaydi.