Hindistonlik jurnalist Shahina K.K. 10 yildan oshibdiki, vatanida sudlarda sarson. Hukumat uni terrorizmga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblaydi, u esa terrorizmga qarshi kurashni izchil yoritish zarur, deb hisoblaydi.
“15-20 yil oldin Hindistonda jurnalistlarni sudga berish kam kuzatiladigan holat edi. Hozir bu norma", - deydi Shahina, "Outlook" jurnalist muharriri.
Jurnalist buzgani da'vo qilinadigan qonun asosida 2014-2020 yillar orasida 10 mingdan oshiq hindistonlik hibsga olingan, javobgarlikka tortilgan.
Shahina deydiki, uning aybi - tanqidiy materiallar yozgani, hukumatni savolga tutib, terrorizmga qarshi choralarni surishtirgani, nishonga olinganlarni yoritgani.
“Bu aslida global fenomen. Har yerda shu muammo. Hindistonda vaziyat kun sayin og'irlashmoqda", - deydi muharrir.
Buni ham ko'ring BMTda O'zbekistonda huquq bo'yicha qanday masalalar ko'tarildi?Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi bu yil Shahina va yana uch jurnalistlarni kasbiy fidoiyligi uchun mukofotladi.
Gruziyadan Nika Gvaramia, Meksikadan Mariya Tereza Montanyo, Togodan Ferdinand Ayite va Shahinaga sovrin Nyu-Yorkda dabdabali ravishda taqdim etildi. Qo'mita, xalqaro tashkilot, shu yerda joylashgan.
“Jurnalistlar - oddiy fuqarolar. Bizni hech kim nishonga olmasligi kerak. Biz jangchi emasmiz. Biz qo'limizda ko'targan narsalar urush qurollari emas, adolat predmetlari”, - deydi tashkilot prezidenti Jodi Ginsberg.
Sovrindorlar Vashingtonga ham tashrif buyurib, Amerika hukumati va nohukumat idoralarda muloqotlar olib bordi.
Ginsberg deydiki, bu jurnalistlarni birlashtirib turadigan omil - ularning sudlangani va adolat uchun tinimsiz kurashib kelayotgani.
“Jurnalistlarga jinoyatchi sifatida qarash keng tarqalgan holat. Ularni so'zi uchun emas, boshqa iddaolar bilan hibsga olish, ayblash va sudlash", - deya tushuntiradi u.
Ginsberg jurnalika internet orqali ham tahdid ostida ekanini aytadi. Axborot vositalari xodimlari muntazam kiber xurujlarga uchraydi.
Ferdinand Ayite vatani Togoda "L’Alternative" degan nashrni yuritadi. Unga onlayn tahdidlar bo'lgan.
Jurnalistlarni zimdan kuzatish hukumatlar keng qo'llaydigan usul, deydi u, nafaqat Togoda balki dunyo bo'ylab.
"Bu - repressiya mashinasi", - deya izohlaydi Ayite.
Buni ham ko'ring Faqat urushni yoritayotgan matbuotU va hamkasbi shu yilning mart oyida chetga ketishga majbur bo'lgan, chunki uni soxta ayblovlar bilan uch yilga qamash haqida hukm chiqqan. Hukumatga ko'ra, ular tuhbat va uydirmalarni chop etgan. Jurnalistlarni buni inkor etadi, ammo sud mustaqil emasligi uchun buni isbotlashning imkoni yo'q.
Ayite Fransiyadan boshpana olib, faoliyatini davom ettirmoqda. "L’Alternative" chiqib turibdi.
Har qanday axborot vositasini boshqarish, ayniqsa chetdan juda qiyin, deydi Ayite. Ammo bugungi texnologiya misli ko'rilmagan imkoniyatlar taklif qiladi, hukumatlar ularni repressiv maqsadlarda qanchalik ishlatmasin, deydi u.
Ginsberg nazarida AQSh Kongressi jurnalistika va matbuotni quvvatlashda davom etadi, chunki erkinlik bu davlat uchun oliy qadriyat.
“AQSh hamisha erkin matbuot himoyachisi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi", - deya ishonadi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi rahbari.
“Bu jurnalistlarni tinglab, qonunchilarimiz xalqaro maydondagi muammolarni yanayam chuqurroq va kengroq tushuna boshlaydi. Shuningdek, o'z yurtimizda ham matbuot himoyasi uchun zarur ishlar qilishdan to'xtamasligimiz lozimligini anglashadi".
Saylovlarni yoritish - matbuot uchun o'ta muhim vazifalardan biri. Gruziya, Meksika va Hindistonda jurnalistlar bu jarayonlardagi faolligi uchun oxirgi yillardan ancha bosimga uchradi.
Buni ham ko'ring Nyu-York: O’zbekistonda inson huquqlari uchun namoyishGruziyada, xususan, g'arbparast va rossiyaparastlar orasidagi kurash ketayotgani qayd etiladi. Media ko'pincha G'arbni targ'ib qilayotganlikda ayblanadi.
Telejurnalist Mtavari Arxi so'zlariga ko'ra, "yo demokratiya yo Rossiya. Uchinchi variant yo'q."
Gruziya yo erkin jamiyat bo'ladi, deydi u, yo repressiya ummoniga g'arq bo'ladi.
Hindiston kelasi yilgi saylovlarga tayyorlanar ekan, cheklovlar avjida, deydi Shahina.
“Xalqimiz demokratiya, dunyoviylik va federalizm kabi qadriyatlardan uzoqlashayapmiz, degan xavotirda".
Hindiston hukumatiga ko'ra, matbuot erkinligi muqaddas va qonunlar uni himoya qiladi. Biroq Shahina kabi tanqidchi jurnalistlar real vaziyat buning aksi ekanini aytadi.
Ayite fikricha, naqadar mashaqqatli bo'lmasin, haqiqiy jurnalist chekinmaydi.
"Faoliyatni to'xtatish noto'g'ri. Biz kerakmiz va davom etishimiz zarur", - deydi u.