Jurnalistlar va tadqiqotchilardan iborat guruh Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarni o’rganmoqda. Jinoyat alomatlarini topish uchun ilg’or texnologiyalar ham ishga solinyapti.
Surishtiruv ishlarini Bred Semyuels va SITU tadqiqot markazi vakillari olib bormoqda. Uning ta’kidlashicha, tadqiqotchilar o’tgan voqealarning aniq, batafsil manzarasini hosil qilish uchun guvohlar ko’rsatmalari, kameradan olingan ma’lumotlar, video va turli raqamli dalillarni toifalarga ajratib chiqishadi.
Buni ham ko'ring Ukrainadagi urush atrof-muhitga milliardlab dollarlik ziyon yetkazgan“Bu sariq konuslar kuzatuv kameralari yozuvlaridan iborat. Bu yerda modellardan real kadrlarga o’tamiz. Shunday qilib biz, qayerda ekanligimiz haqida tasavvurga ega bo’lamiz. Kuzatuv kameralari yozuvlari muhim, vaqt aniq muhrlangan. Shunday ekan, bu joyda qachon, nima bo’lganligini biz ham yaxshi bilamiz”, - deydi u.
SITU 2022-yilda Ukrainaning Bucha shahrida yuz bergan qirg’in tasvirlarini tiklash uchun “Associated Press” axborot agentligi, AQShning “PBS” telekanali va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi. Buchadagi mahalliy hokimiyat 450 nafar qurbon haqida ma’lum qilgan.
“Ukraina bosqinidan biroz o’tib, bizga “Associated Press” agentligi murojaat qildi. Bucha qirg’ini loyihasi bo’yicha hamkorlikka taklif qilishdi, bu loyiha “Associated Press”, “PBS” ishtirokida bo’ldi”, - deydi Bred Semyuels.
Uning aytishicha, hamkorlar birgalikda gumon qilinayotgan harbiy jinoyatlar paytida yuz bergan voqealar tafsilotlarini tiklashga urinishmoqda.
SITU katta ilmiy xodimi, 3D-analitik Evan Grotyan 2022-yilning mart va aprel oylari Mariupol atrofida kuzatilgan otishmalarni surishtirmoqda.
“Mana binolarga bir necha misol. Jumladan, Mariupolning diqqatga sazovor joylaridan biri - teatr binosi. Bu binoning nishonga olinib, vayron qilinishi oqibatidagi xunrezlik OAVda keng yoritildi. Ayniqsa, qasddan nishonga olingani uchun. Bu bizning model, unda hudud atrofdagi binolarga nisbatlab ko’rsatilgan”, - deydi Grotyan.
Buni ham ko'ring Yevropa Ittifoqi Rossiya pullarini Ukrainani qayta qurishga sarflamoqchiGuruh, shuningdek, Kramatosk vokzalining raketalardan o’qqa tutilishini ham o’rganmoqda. 2022-yilning aprelida bu vokzalga mahalliy aholi evakuatsiya uchun yig’ilgan edi.
“Kassetali qurollar bilan zarba berilganda, vokzalda tinch aholi borligi aniq edi”, - deydi Samyuels.
Tadqiqotchilar yuzlab hujjatlarni o’rganishmoqda.
“Maqsadimiz “Human Rights Watch” o’z oldiga qo’ygan maqsad bilan hamohang, ya’ni hujjatlar vositasida javobgarlikka tortishga erishish. Shuningdek, qurbonlar unutilmaydi degan umiddamiz”, - deydi Grotyan.
SITU jamoasi o’z ishini “vizual tadqiqotlar” deb ataydi. Tadqiqotchilar ilg’or texnologiyalar vositasida Ukrainadagi harbiy jinoyatlarning raqamli dalillarini tiklashayotganini ta’kidlashmoqda.