Markaziy Osiyo Ukraina urushi bo`yicha betaraf. Ammo bu betaraflik Ukraina urushida Rossiyani bilvosita qo`llashga xalaqit qilmaydi.
Sanksiyalar ostidagi Moskvaning uchinchi yilki Ukraina urushini davom ettirayotgani, so’nggi paytga kelib esa qurol-aslaha ishlab chaqirishni bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo`lishida taqiqlangan tovarlarni aylanma yo`llar orqali Rossiyaga yetkazishda ko`maklashayotgan davlatlar hissasi ham muhim ko`riladi.
So’nggi yillarda Rossiya bilan savdo aloqasi hajmi shiddatli tarzda oshgan Markaziy Osiyo davlatlari shu qatorda. Eng katta o’sish Rossiya bilan chegaradosh, yagona iqtisodiy ittifoqqa kiruvchi Qozog’istonda.
Buni ham ko'ring Ukraina: Frontda halok bo’lganlar xotirlandiYevrosiyo ittifoqi a’zolari Qozog’izton va Belorusga tegishli kompaniyalar Rossiya harbiy sanoatiga G´arb tomonidan taqiqlangan butlovchi qismlar, mikrochiplar yetkazayotgani haqida jurnalistlar bir nechta yirik surishtiruvlar o’tkazishgan.
Moskvaning yaqin hamkori, ittifoqchisi Belorus Rossiya qatorida keskin sanksiyalarga tutilgan.
Qozog’iston, Markaziy Osiyoni boshqa davlatlari ham bunday sanksiyalardan xoli, bu davlatlar rasman sanksiyalar rejimiga amal qilishga, taqiq ostidagi tovarlar nazorati bo’yicha AQSh, Yevropa Ittifoqi bilan ham hamkorlikka tayyor ekanliklarini aytishgan.
Ammo raqamlar, surishtiruvlar Rossiya sanksiyalarni aylanishda Markaziy Osiyo davlatlaridan yanada ko’proq foydalanishda davom etayotganini ko`rsatadi.
Matbuotda G´arb Rossiya bilvosita ko`maklashayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishi kerakmi degan savol qo’yilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari shundoq ham Moskvadan masofaga ushlashga urinib kelayotgan bir vaziyatda sanksiyalarni kuchaytirilishi mintaqani Rossiya quchog’iga to`liq itarishi mumkinligidan xavotirlar ham mavjud.
So’nggi paytda Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi kuchaygani, mintaviy birlik, integratsiya bo`yicha aniq qadamlar kuzatilayotgani, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari sammitlari yo`lga qo’yilgani Rossiya ta’siridan uzoqlashish uchun mintaqa tomonidan zimdan ko`rilayotgan choralardan biri sifatida qayd etiladi.
Ammo Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Alisher Hamidov deydiki, ayni paytda mintaqadagi asosiy kuch yaqin qo’shnilar Xitoy va Rossiya, G´arb uzoqda, Markaziy Osiyo hukumatlari buni yaxshi tushunishadi, munosabat ham shunga muvofiq.
Buni ham ko'ring Belarusda ruslashtirish siyosatining yangi to'lqini“G’arb Markaziy Osiyoda Xitoy kabi muntazam emas, Rossiya esa hukumatlarni azaliy hamkori sanaladi. Albatta mintaqa davlatlari Ukrainadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishmoqda, yuzga kelgan vaziyatdan o’zlarining manfaati uchun foydalanishga urinishyapti. Mintaqaviy integratsiya bo`yicha esa, bu harakatlar azaldan mavjud, men bu Xitoy yoki Rossiya tomonidan biror jiddiy qarshilikka uchrashiga shubha bilan qarayman. Chunki bu davlatlar birlik haqidagi gaplar bayonotlardan nariga o’tmasligini yaxshi bilishadi”, - degan fikrda Hamidov.
Ekspertga ko`ra, Markaziy Osiyo siyosiy, iqtisodiy jihatdan ham Rossiya bilan yaqin bog´langan, tuli munozaralarga qaramasdan mintaqadagi asosiy strategik iqtisodiy loyihalar ortidan Rossiya turibdi, bu tartib yaqin kelajakda o’zgarishi qiyin.
6-oktabr kuni Qozog’istonda shunday strategik loyihalardan biri, atom stansiyasi qurish masalasida referendum bo`lib o`tadi.
Referendum arafasida atom stansiyasiga qarshi targ’ibot o`tkazgan 30 yaqin faollar hibs qilingani, turli miqdordagi jarimalarga tortilgani xabar qilinadi.
Qozog'iston hukumati referendumda aholi atom stansiyasi qurilishini yoqlab ovoz berishiga umid qilmoqda, atom energiyasi afzalligi bo’yicha targ’ibot yuritmoqda.
Buni ham ko'ring BMT hisoboti: Rossiya norozi ovozlarni kuch bilan bostirmoqdaQozog’istonda atom stansiyasi qurilishi muhokama chiqarilishi haqida Prezident To’qayev Moskvadagi uchrashuvlari arafasida bayonot bergan edi. Buning ortidan Prezident Vladmir Putin bu borada Qozog’istonga ko`makka tayyorlik izhor qilgan edi.
Qozoq faollari orasidagi mavjud fikricha, atom stansiyasi Rossiya tomonidan qurilishi hukumatlar orasida allaqachon hal qilib bo`lingan, referendum esa shunchaki rasmiyatchilik uchun o’tkazilmoqda.
Qozog’iston atom stansiyasi qurilishini kimga topshrishi hozircha aniq emas, ammo sanksiyalar ostidagi Rossiya kompaniyalari “Rosatom” hisobiga jiddiy kengayishini kutishmoqda.
AQShning aprel oyidagi sanksiyasiga “Rosatom” tarkibidagi ayrim kompaniyalar ham kiritilgan edi.
Yevropa Ittifoqi ham Rossiya atom sanoatiga qarshi sanksiyalar qo`llash niyatida ekanligi xabar qilinadi, ammo aniq natijalar hozircha ma’lum emas.