Suriyada Bashar Assad tuzumining qulashidan xursandchiliklar davom etarkan, Germaniya Tashqi ishlar vazirasi Annalena Berbok suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish jarayoni Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan muvofiqlashtirilishi kerakligini aytdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Bu mamlakatda 800 mingan ziyod suriyalik boshpana topgan.
Biroq hammasi ham Suriyaga qaytishni istamayapti. Ular vataniga majburan qaytarilishidan xavotirda.
Najim Musa va uning rafiqasi Bushra Damashqdan 2015-yilda, ikkinchi farzandi tug’ilganidan so’ng qochgan. Ular Eron va Turkiya orqali Gretsiyada qo’nim topishdi. Hozir besh farzandi bor, arabchani unutishgan, grekchada gaplashishadi.
“Bolalarimning kelajagini Suriyada tasavvur qila olmayman”, - deydi ona.
Germaniyada 12 yildan beri yashayotgan Ahmad Abbos ham bir qarorga kelgani yo’q, Suriya kelajagi hamon mavhum ekanini aytadi.
“Liviyada nimalar bo’layotganiga qarang. Iroqqa qarang. Falokat u yerda. Suriyada ham shunday bo’lmasin, har xil guruhlar o’zaro urushmasin deb umid qilaman”, - deydi u.
Turkiyadan har kuni yuzlab suriyalik vataniga qaytmoqda. Aksariyati Idlibga yo’l olmoqda.
"Mamlakatdagi qarindoshlarimiz vaziyat yaxshilanayotganini aytishyapti”, - deydi Muhammad Bara ismli odam.
Berbok Suriya yaxlitligi va barqarorligini ta’minlashga, Suriya hududida harbiy harakatlar olib borayotgan Isroil va Turkiyani mamlakat xavfsizligiga tahdid solmaslikka chaqirdi.
Isroil Suriya qurolli kuchlariga tegishli harbiy inshootlarni havodan yo’q qildi, (6048) Turkiya va uning qanoti ostidagi isyonchilar kurd qurolli bo’linmalarini nishonga olmoqda.
Qo’shma Shtatlar esa “Islomiy davlat”ga zarba bergan, jihodchi guruhning Suriyadagi vaziyatdan foydalanib bosh ko’tarishiga yo’l qo’ymoqchi emas.
“Qo’shma Shtatlar Suriyadagi hamkorlarimiz va manfaatdor taraflar bilan birgalikda ularga tahdidlarni boshqarish imkoniyatidan foydalanishda yordam beradi”, - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.
Salkam bir yarim oydan so’ng prezidentlikka kirishayotgan Donald Tramp esa vaziyatga aralashmaslikka chaqiradi.
“Dunyo hozir bir oz aqldan ozgan ko’rinadi”, - deydi u.
Tramp Milliy razvedka boshlig’i lavozimiga nomzodini ko’rsatgan Tulsi Gabbard dushanba kuni Senatda qonunchilar bilan ko’rishib, Tramp tashqi siyosatini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
Tramp o’zi bir necha bor aytganidek urushlarga chek qo’yish, tinchlikka kuch orqali erishish, Amerika xalqi xavsizligi va erkinligi, milliy xavfsizlik manfaatlarimizni ustun qo’yish ahdida qat’iy”, - dedi Gabbard.
Kuzatuvchilarga ko’ra, Tramp mojarolarga aralashmaslik siyosatini Isroil va Iordaniya kabi ittifoqchilarni himoya qilish hamda “Islomiy davlat” kabi terror tashkilotlariga bosh ko’tarishiga yo’l qo’ymaslik maqsadlari bilan muvozanatlashi kerak bo’ladi.
“Kimyoviy qurollarni cheklash, boshqaruvsiz va qarovsiz hududlarda terror tashkilotlari salohiyatini susaytirish to’g’ri siyosat bo’ladi va Tramp aynan shu bilan shug’ullanadi”, - deydi aksilterror bo’yicha mutaxassis Kristofer Oliri.