Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat bobida hamkorlikni oshirishga kelishib oldi. Tashkilot 2001-yilda tuzilgan. Unga Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Xitoy va Rossiya a’zo.Ostonada tashkilotga yangi a’zolarni qo’shish masalasi tilga olindi. Hindiston, Pokiston va Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirishdan umidvor. Mo’g’uliston hozircha kuzatuvchilik bilan kifoyalanmoqchi xolos.