Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qozog’istonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatdan xavotir bildirmoqda.
Qozog’iston kelasi yil 56 a’zolik bu guruhga raislik qiladi.
Tashkilot rasmiysi, inson huquqlari bo’yicha idora rahbari Yanez Lenarchich (Janez Lenarčič) bugun Gretsiyada so’zlar ekan, "A’zo davlatlar Qozog’iston boshqalarga namuna bo’la oladimi deya tashvishda",- deydi.
Uning fikricha mintaqada huquq, matbuot va so’z erkinligi kabi sohalarda muammolar talay.
Qozog'iston demokratik islohotlar va’da qilib keladi. Lekin Yevropaga xos demokratik o’zgarishlarni bir kechada amalga oshirib bo’lmaydi, deydi bu davlat rasmiylari.
Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti Qozog’istonda matbuot erkinligi cheklangan va huquq faollari siquvda deya ogohlantirib kelmoqda. Bundan tashqari mamlakatda bir partiyali parlament hukmron. Nursulton Nazarboyev hukumatda istagancha qolish huquqiga ega.