Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash tashabbusi hali joyidan siljimasdan yakunlangan ko’rinadi. Tolibon Qatardagi yangi idorasini yopib, bunda Karzay ma’muriyati va Qo’shma Shtatlarni ayblamoqda.
Islomoboddagi muxbirimiz Ayoz Gulning xabar berishicha, janjalga qaramasdan kuzatuvchilar orasida umid hamon so’nmagan.
Bir oycha avval Tolibon Qatar poytaxti Doxada idora ochib, Amerika va afg’on tinchlik elchilari bilan alohida muzokara olib borishni ko’zlagan edi.
Inauguratsiya marosimi tomonlar orasida nizoga sabab bo’lib, idora yopildi va Tolibon endi Afg’onistonda yana zo’ravon usullarga qaytishini bildirmoqda.
Tahlilchi Keyt Klark jangari guruhning xorijdagi idorasi bir imkoniyat edi, deydi.
“Nima bo’lmasin, kichik bir umid paydo bo’lgan edi. Lekin, afsuski, idoraning ochilishi atrofidagi tortishuv endi nish urayotgan ishonchni ham yuvib ketdi”, - deydi u.
Doxadagi ofis AQSh va Tolibon o’rtasida bir necha oylik maxfiy muzokaralar mahsuli edi. Imorat eshigida Afg’oniston Islomiy Amirligi deb yozilgani hamda uning uzra Tolibon bayrog’i hilpirab turgani prezident Hamid Karzayni g’azabga keltirdi.
U jangarilarni quvg’inda hukumat tuzishga urinayotganlikda ayblab, Qatarga elchi yuborish fikridan qaytdi. Shuningdek, AQSh va Tolibon o’rtasidagi maxfiy muzokaralardan norozi bo’lib, Vashington bilan ham 2014-yildan keyingi rejalar haqida gaplashmay qo’ydi.
Tolibonning bildirishicha, Doxada inauguratsiya AQSh va Qatar hukumatlari bilan kelishilgan holda o’tgan. Biroq Obama ma’muriyati bu da’volarni inkor etib, Qatardan Tolibon bayrog’i va idora eshgidagi yozuvni olib tashlashni so’ragan.
Tahlilchi Keyt Klarkning aytishicha, Tolibon idorasining maqomi va u qanday faoliyat olib borishi ko’pchilikka mavhum edi.
“Qanday kelishuvlar bo’lgan, kim so’zida turdi va turmadi, bularni haligacha bilmaymiz. Ammo Qatarda Tolibon bayrog’i ko’tarilgani nafaqat prezident Karzayni, balki aksar afg’onlarni ranjitgani aniq. Uning olib tashlangani esa Tolibonni junbushga keltirdi”, - deydi suhbatdosh.
Shunga qaramasdan, ayrim tahlilchilar deydiki, 12 yildan beri davom etayotgan urushga nuqta qo’yishga xohish kuchli. Afg’on hukumati sobiq rasmiysi Said Muhammad Azam muzokaralar yaqin orada qayta boshlanishiga ishonadi.
“So’nggi 10 yilda nizolashayotgan tomonlar tushundiki, murosadan boshqa yo’l yo’q. Tolibon Doxada idora ochgani ham ana shu xulosaning dalili. Ixtilofni bir davraga o’tirib, hal qilish kerak”, - deydi Azam.
Tolibon sinov tarzida Qo’shma Shtatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri ayrim masalalarni muhokama qilishga rozi. Mahbus ayirboshlash, AQSh askarlarining Afg’onistonni tark etish muhlatini belgilash hamda Tolibon rahbarlarini BMTning qora ro’yxatidan chiqarish shular jumlasidan. Tolibon nazarida bu borada Karzay ma’muriyati bilan gaplashishdan foyda yo’q.
Janjaldan so’ng prezident Karzay ham o’z shartlarini qo’ymoqda. Muzokara Afg’onistonda, “xorijiy davlatlar” ta’siridan xoli bir sharoitda o’tishi shart, deydi u.
Karzay hech bir davlat nomini tilga olmagan bo’lsada, qo’shni Pokistonni jangarilar homiysi deb ko’rishi sir emas. Pokiston rasmiylarining da’vo qilishicha, Karzay hokimiyatdan ayrilgisi kelmay tinchlik muzokaralariga to’g’anoq bo’layapti.
“Biz boshidan sabr-toqatli va qat’iyatli bo’lish zaruriyatini e’tirof etib kelayotganimiz bejiz emas. Muzokarada qatnashayotganlar jarayonga konstruktiv yondashsin”, - deydi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Ayzaz Ahmad Chaudri.
Qatarda Tolibon idorasi ochilishida Pokiston muayyan rol o’ynagan, ammo tafsilotlar ma’lum emas. Bu, deydi ayrimlar, Pokiston Tolibon bilan yaqin aloqada ekanini va xalqaro koalitsiya ketgach Afg’onistonda o’z ta’sirini yoyishga harakat qilishini ko’rsatadi.
Your browser doesn’t support HTML5