19-asr boshlarida Yevropada san’at va hunarmandchilik rivojlangan bo’lsa, Qo’shma Shtatlarda ommaviy ishlab chiqarishning gullagan davri edi. Amerika amaliy san’atiga befarq bo’lmagan bir ijodkor hunarmandchilik maktabiga asos solgan. 120 yildirki, bu dargoh xalq hunarmandchiligini targ’ib qilib keladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Amerikalik faylasuv, yozuvchi Albert Xabbard Amerika an’anaviy san’at va hunarmandchiligini saqlab qolishda salmoqli hissa qo’shgan ijodkor. U 19-asr oxirida Nyu-York shtatining Sharqiy Avrora qishlog’ida hunarmandlar maktabi ochib, bu dargohni Roykroft deb nomlagan.
“Bu yerda texnologiyadan ko’ra qo’l mehnati ko’p. Nimadir sotib olmoqchi bo’lsangiz, o’zingiz xohlaganday yasab olasiz, ijod qilasiz. Shunisi bilan o’ziga tortadi”, - deydi rassom Nikol Vitcher
Shunday bir davrdamizki, fikringizni birpasda dunyoga e’lon qilish mumkin, internetga ulansangiz bo’lgani. Bir asr oldin esa bunaqa narsalarni faraz qilib bo’lmasdi.
“”Maykrosoft” dasturlari bilan ishlaganda komputer ishingizni yengillashtirishga mo’ljallangan, ko’p narsa tayyor. Bu yerda esa har bir harfni bittalab terish, oralig’ini belgilash kerak. O’zingiz yaratasiz”, - deydi Nikol Vitcher.
Roykroft hunarmandchilik maktabida noyob printerlar bor. Biri misga naqsh va yozuvlar tushiradi, ikkinchisi yog’ochga. Ular mehmonxonalar, tarixiy binolarni jihozlashda foydalaniladi. Bu joy ko’plab sayyohlarning ham e’tiborini tortmoqda.
“Binolar nurab boshlagan edi. Elektr stansiyasi bu joyning kulini ko’kka sovurgan. Bo’m-bo’sh chig’noqday bo’lib qolgandi”, - deydi maskan xodimi Kurt Maranto.
San’at shaydolari bu dargohning yo’q bo’lib ketayotganiga qarab turmadi. Ta’mirlash uchun 13 million dollar mablag’ to’pladi. Biroq san’at asarlari restavratsiyasi uchun homiylar zarur.
“Bu tarixiy joy, qadimgi printerlarni qayta tiklashga 10 milliondan ortiq mablag’ kerak”, - deydi Kurt Maranto.
Roykroft maktabi xodimlari bu dargohni juda qadrlaydi.
“Qancha joylarni ko’rganman, bu yerda boshqacha fayz bor. Hamma narsa qo’l mehnati bilan yaratilgan.”, - deydi tomoshaga kelganlardan biri.
“Kirishingiz bilan o’zga olamga kelganday his qilasiz, tarixga boy manbalar bo’lgani uchun bo’lsa kerak”, - deydi dargoh xodimi Amizetta Haj.
Your browser doesn’t support HTML5