Prezident Obama ayollarni ta’lim sari undadi

  • Amerika Ovozi

Barak Obama Kolumbiya Universiteti qoshidagi Barnard kollejida so'zladi

AQSh prezidenti Barak Obama xotin-qizlarni ta’lim yo’lida olqishlab, har qanday to’siqlarni yengishga da’vat etdi.

U Nyu-Yorkdagi Barnard ayollar kollejida (Barnard college) so’zladi. Kollej Kolumbiya Universitetining bo’limi hisoblanadi. Obama mazkur dargohni 1983-yilda tugatgan. Aynan o’sha yili Kolumbiyaga ayollar o’qishga qabul qilingan edi.

“Muvaffaqiyat qozonish, hayotda o’rningni topish mushkul. Buning uchun sabr-toqat, mehnat zarur. Bu kurashda mag’lubiyat ham bo’lishi aniq. Ishonchsizlik, shubha bilan yuzlashgan damda bardam bo’ling. Orzudan yuz o’girmang, ajdodlar muvaffaqiyatini unutmang”, - dedi Barak Obama.

Obamaning aytishicha, Qo’shma Shtatlarda, idoralarda xotin-qizlar doim ham teng imkoniyatdan foydalana olmagan.

Bugun ular ishchi kuchining yarmini tashkil etadi. Universitet bitiruvchilarining yarmi ham bugun xotin-qizlar.

Erishilgan nuqtada to’xtab qolmang, jo’shqin, limmo-lim to’la hayot kechiring, dedi Barak Obama.

Uning nutqini inglizchada tinglashingiz mumkin:

http://www.youtube.com/embed/uKBzMKYD384