Qirg'izistondan Azimjon Asqarov, Tojikistondan O'rinboy Usmonov va Turkmanistondan Davletmirat Yazkuliyev - qahramonlar, deydi ta'sischilar.
Qirg'izistonda panjara ortida o'tirgan Azimjon Asqarov Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists) tomonidan yuksak sovrin bilan taqdirlandi.
Azimjon Asqarov jurnalist va huquq himoyachi, deya ta’riflaydi tashkilotning mintaqa bo’yicha yetakchi mutaxassisi Muzaffar Sulaymonov.
Gap shundaki, deydi u, Asqarov huquq ahvolini kuzatib, xolis axborot uzatgan va o’z ishida jurnalistik tamoyillarga rioya qilgan. Uning ezgu maqsadi ommani atrofdagi qonunbuzarliklardan voqif etish bo’lgan. Asqarovning materiallari ko’plab ishonchli manbalarda chop etilgan.
Xalqaro Matbuot Erkinligi Mukofoti (International Press Freedom Award) har yili dunyo bo'ylab sanoqli jurnalistlarga nasib etadi.
Asqarov qatorida bu yili Braziliya, Xitoy va Liberiyada huquq va adolat uchun kurashgan insonlar ham e'zozlanmoqda.
Asqarov Qirg'iziston janubida “Vozdux” (Воздух) nomli nohukumat tashkilotiga asos solib, oshkoralikni targ'ib qilgan.
O’tgan yili u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. 2010-yil iyun voqealari ketidan hibsga olinib, Jalol-Obod viloyatining Bozor-Qo'rg'on tumanida bir militsionerning o'limi va bir nechtasiga tan jarohati yetkazganlik, qurol saqlaganlik, garovga olishga harakat qilganlik va etnik adovat qo'zg'atganlikda aybdor deb topilgan. 2011-yil dekabrida Oliy Sud uning ishini qayta ko'rib chiqib, hukmni o'z kuchida qoldirgan.
Muzaffar Sulaymonovning aytishicha, advokatlar haqiqiy guvohlar bilan gaplashish kerak deb bosh prokuraturaga murojaat qilgan, ammo haligacha javob berilmagan. Asqarovga qarshi sudda na ashyoviy dalil, na mustaqil guvohlar ko'rsatmalari taqdim etilgan. Haqiqiy guvohlar esa qo'rquvdan sukut saqlashga majbur bo'lgan, deydi himoyachilar.
"Bu mukofot bilan dunyo ahli e’tiborini begunoh qamoqda o'tirgan jafokash bir inson taqdiriga qaratmoqchimiz", - deydi Muzaffar Sulaymonov, "Amerika Ovozi bilan suhbatda.
Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi tahlilicha, sudda keltirilgan dalillarning birortasi pichoqqa ilinmaydi, ko'rsatmalar qiynoqlar ostida olingan, ayblovlar soxtalashtirilgan.
Qirg’iziston o’zini mintaqada demokratiya namunasi deb biladi, ammo nafaqat Markaziy Osiyo balki Yevropani ham qo’shib qaraganda, jurnalist va huquq himoyachisi bir umrga qamalgan yagona mamlakat o’zi shu, deydi Muzaffar Sulaymonov.
"Azimjon Asqarovning yolg'iz aybi korrupsiyaga botgan huquq-tartibot organlari xodimlari va ba'zi rasmiylarning ikki yil burungi etnik qirg'indagi harakatlarini fosh etganida", - deyiladi qo'mita bayonotlarida.
Tojikistonda terrorga qarshi kurashni yoritib tanilgan, ekstremist kuchlar bilan aloqa qilganlikda ayblanib sudlangan jurnalist O'rinboy Usmonov va Turkmanistondagi og’ir vaziyatdan dunyoni xabardor etib kelayotgan muxbir Dovletmirat (Dovletmyrat) Yazkuliyev inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilot "Human Rights Watch" ning Hellman-Hammett mukofotiga loyiq topildi.
Bu muassasaning mintaqa bo’yicha vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) "Amerika Ovozi" bilan muloqotda deydiki, bu sovrin o'z faoliyati uchun ta'qibga uchragan muxbir, adib va qalamkashlarga beriladi.
Mukofot 1950-yillar oxirida Amerikada erkinlikni talab qilib qamalgan va tazyiqqa olingan ikki jurnalist, Lillian Hellman va Dashiel Hammett sharafiga ta’sis etilgan.
Sovrindorlar, deydi Sverdlov, jamiyatni qiynayotgan nozik masalalarni yorita bilgan, jasur qadamlar tashlab, hukumatni savolga tutgan, senzuraga qarshi kurashgan insonlar. Ular qamoq, qiynoq va doimiy bosimga qaramay o’z ishini sidqidildan bajargan.
O‘rinboy Usmonov, "Bi-Bi-Si" (BBC) O’zbek xizmatining Tojikistondagi muxbiri sifatida, erkin axborot to'plash va uzatishga harakat qilgan. Prokuratura uni "Hizb-ut-Tahrir” partiyasiga a’zolik, ekstremistik guruhga qo’shilganlik va konstitutsion tuzumni ag’darishga da’vat etganlikda ayblagan.
Usmonov milliy xavfsilik qo’mitasi xodimlari tomonidan qo’lga olinib, bir oy izolyatorda saqlangan. Sud O‘rinboy Usmonovni 2011-yilning oktabr oyida qisman aybdor deb topib, shartli jazoga mahkum etgan. Biroq jurnalist yuqori sudga shikoyat qilgan, chunki u o’zini begunoh deb biladi.
Dovletmirat Yazkuliyev, "Ozodlik" radiosining Turkman xizmati muxbiri, 2011-yilning yozida Obodon shahridagi qurol-aslaha ombori portlagani haqida birinchilardan bo’lib axborot uzatgan, davlat yashirishga uringan ma’lumotlarni ko’tarib chiqqan jurnalist. Voqea bir necha insonni hayotdan olib ketgan.
Turkmaniston hukumati bundan g’azablanib, jurnalistni ta’qib ostiga olgan va soxta ayblovlar bilan besh yilga qamagan. Xalqaro hamjamiyat chaqiriqlari va bosimi samara berib, amnistiya asosida ozodlikka chiqqan. Davletmirad Yazkuliyev tinimsiz tahdidga qaramay faoliyatini davom ettirmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5