AQShda politsiyachi bo’lish uchun askar hollarda universitet diplomi talab qilinmaydi. Ammo fuqarolarga nisbatan zo’ravonlik hollari politsiyachilar malakasiga e’tiborni oshirgan.
Patris Maloun ikki yildan beri politsiyada ishlaydi. Adliya sohasida kollejni bitirganim menga ishimni yaxshiroq bajarishga yordam beryapti, deydi u.
Buni ham ko'ring Politsiya yo'q bo'lsinmi? Amerikaliklar nima talab qilmoqda?“Ta’lim olish jarayonida siz odamlar bilan muntazam aloqadasiz. Diplom olgandan keyin mana ishga kirib, jamoatchilik bilan ishlayapman. Odamlar bilan yaqindan muloqot qilishni, sabr-toqatli bo’lishni o’rgandim”, - deydi Maloun.
Bir necha afro-amerikalik erkak va ayollar politsiya qo’lida halok bo’lgani malaka va trening mavzusiga e’tiborni oshirgan. Ta’lim haqida gap ketganda, 2017-yilgi izlanish natjalariga ko’ra, Amerikada huquq-tartibot idoralarining 80 foizdan oshig’i ishga yollash uchun maktab diplomi talab qilar ekan, xolos.
2010-yilgi yana bir izlanishdan ma’lumki, oliy ma’lumotli politsiyachilarning kuch ishlatish ehtimoli 40 foizga pastroq.
“Bizning idorada xodimlarning 90 foizida bakalavr diplomi bor”, - deydi Arlington okrugida politsiya boshlig’i va kollej professori Jey Far. - Kollej sizga tanqidiy fikrlashni o’rgatadi. Mavzuga har tomonlama baho berib, atrofga kengroq nazar bilan qarashni o’rganasiz. Huquq-tartibot xodimlarida xolislik yetishmaydi degan gapni ko’p eshitamiz. Bizning boshqarmada bu borada hamma narsa a’lo desak bema’nilik bo’ladi. Muhimi, muammo nimada ekanini bilish va uni nazorat qilish kerak. Oliy ma’lumot albatta sizga yordam beradi”, - deydi suhbatdosh.
Politsiya boshlig’i fikricha, AQShda barcha politsiyachilar diplomli bo’lishi lozim. Lekin asosiy muammo bu – moliya va resurslar.
Buni ham ko'ring AQShdagi demokrat qonunchilar politsiyani isloh qilmoqchi“Turli shtatlarda joylashgan politsiya boshqarmalarining to’lov qobiliyati bir xil emas. Misol uchun, bizning boshqarma o’ziga to’q rayonda joylashgan. Jamoatchilik politsiyaga oliy ma’lumotli xodimlar yollanishini talab qiladi. Ammo boshqa shtatlarda bizdagi resurslar bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ta’limni shart sifatida belgilash qiyin”, - deydi Jey Far.
Biroq kollej diplomi Jorj Floyd misolida vaziyatni o’zgartirmagan bo’lardi. Politsiyachi qariyb 8 daqiqa tizzasi bilan uning bo’yniga bosib turgan. Floydning o’limida ayblangan to’rt politsiya xodimining uch nafari oliy ma’lumotli ekani ma’lum.
Voqea ketidan o’nlab shtatlarda politsiya va irqchilikka qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi. Odamlarning bizga munosabati ham o’zgargan, deydi Patris Maloun.
“Biroz o’zgargani seziladi. Politsiya xodimlariga nisbatan munosabatda avvalgidek iliqlik yo’q. Lekin ishimiz davom etadi. Odamlarni ular uchun, ularning xavfsizligi uchun ishlayotganimizga ishontira olishimiz kerak. Shunda ishonch yana paydo bo’ladi”, - deydi suhbatdosh.