7 yil, 400 dastur: Siz ko'rmagan tasvirlar

O'zbekistonda sun'iy yo'ldoshga ulanmagan bo'lsangiz, "Amerika Ovozi"ni tomosha qila olmaysiz. Internetda esa istalgan vaqtda.

2003 yilning dekabr oyida "Amerika Ovozi"da o'zbekcha teledasturlarni boshlaganimizda sizni har kuni dunyoning bu qismidagi yangiliklardan boxabar qilib turishni, Amerika haqiqatdan ham sehrli diyormi, imkoniyatlar o'chog'imi deya sizni bu jamiyat bilan yaqindan tanishtirishni, qolaversa AQSh-O'zbekiston, AQSh-Markaziy Osiyo aloqalarini tahlil qilib borishni maqsad qilgan edik.

Siyosiy, moliyaviy va texnik sabablarga ko'ra ko'rsatuvlarimizni sizga har kuni taqdim eta olmaymiz, lekin "Amerika Manzaralari" nomli haftalik telejurnalimiz orqali sizning xonadoningizni bir amallab kirib borayotganimiz biz uchun katta baxt.

Shuningdek, biz uchun mas'uliyat va kasbiy burch.

Yetti yil qanchalik tez o'tib ketganini, hash-pash deguncha "Amerika Manzaralari"ning 400 soni efirga chiqqanini ham sezmay qolibmiz.

"Amerika Ovozi" faoliyati uchun Kongress mablag' ajratadi. Maqsad so'z va matbuot erkinligi cheklangan jamiyatlarga tezkor, ishonchli va xolis ma'lumot yetkazib turish. Tanqidiy materiallar uzatgani sabab ko'plab hukumatlar, jumladan O'zbekiston rahbariya

O'zbekistonda sun'iy yo'ldoshga ulanmagan bo'lsangiz, "Amerika Ovozi"ni tomosha qila olmaysiz. Qirg'izistonda "Keremet TV" orqali ko'rish mumkin. Internetda esa istalgan vaqtda.

Afg'oniston va dunyoning boshqa qismlarida bu ko'rsatuv millionlab muxlislarga ega.

"Amerika Ovozi" 45 tilda axborot uzatadi. Bu jihatdan dunyodagi eng yirik xalqaro teleradio.

AQSh Kongressi ajratadigan yillik mablag' evaziga har hafta jahon bo'ylab bizni 120 milliondan oshiq odam tinglaydi, tomosha qiladi, internetda o'qiydi.

Maqsad so'z va matbuot erkinligi cheklangan jamiyatlarga tezkor, xolis va ishonchli axborot yetkazib turish. Turli mamlakat va poytaxtlarda o'z muxbir va hamkorlarimiz bor.

O'zbek xizmati juda kichik jamoa. Kundalik eshittirishlarimiz va saytimizda siz yashayotgan jamiyat va atrofdagi yangiliklarni yoritib boramiz, ammo bu ko'rsatuvimiz ko'proq Qo'shma Shtatlar va global maydondagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy manzaraga nazar tashlaydi.

"Amerika Ovozi" 45 tilda axborot uzatadi. Bu jihatdan dunyodagi eng yirik xalqaro teleradio.

Siyosatchilaru diplomatlar, rahbarlaru faollardan tortib muhojirlargacha, turli soha egalari va oddiy xalq vakillari bilan muloqotdamiz.

Dunyoning bu tarafidagi hayot quvonchlari va tashvishlari bilan tanishtiramiz.

Ko'rsatuvlarimizni tayyorlash esa o'ziga xos, qiziqarli bir jarayon. Ijodiy guruhimiz butun kuchi va g'ayratini bag'ishlaydi. Hamkasblarim kamtarin, mehnatkash va kasbiga sodiq insonlar.

Yetti yillik mehnatni bir necha daqiqalik videoklipga jamlash oson emas, lekin mana bu tasvirlar orqali dasturlarimiz, ijodiy guruhimiz va tashkilotimiz haqidagi tasavvuringiz biroz bo'lsada boyiydi degan umiddamiz.

Bebaho vaqtingizni ayamay bizni tomosha qilib kelayotganingiz, muxlisimiz ekaningiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

"Amerika Ovozi"da bir shior bor - xush xabarmi, shum xabarmi, biz sizga haqiqatni yetkazamiz.

http://www.youtube.com/embed/OqjVUtSGpWs