Dunyodagi eng yirik ijtimoiy muloqot tizimi, internet olamidagi eng muvaffaqqiyatli bizneslardan biri deya qaralgan “Facebook” aksiyalarini bozorga chiqarmoqchi. Hozircha faqat 5 milliard dollarga teng qimmatbaho qog’oz sotiladi.
“Facebook” jahon bo’ylab 800 milliondan ziyod a’zoga ega. Internetda eng ko’p kiriladigan ikkinchi sayt. Birinchi o’rinda – “Google”.
2010-yilda Gollivud ishlagan "The Social Network" (Ijtimoiy Tarmoq) filmi "Facebook"ni butun yer yuziga tanitgan edi.
Boshqa ko'plab axborot vositalari singari "Amerika Ovozi" ham u yerda o'z sahifasiga ega.
2011-yilda 1 milliard dollar sof daromad qilgan “Facebook” eng boy kompaniyaga aylanmoqchi.
“Bu borada “Facebook” eng yirigi va u boshqa barcha kompaniyalardan ajralib turadi. Hozirgacha moliya bozorida unday biznesni ko’rmaganmiz. Daromad yomon bo’lmaydi”.
“Facebook” hozirda 50-100 milliard dollarga teng deya baholanadi. Asosiy daromadi reklamadan.
Har kuni unga 1 milliardga yaqin odam kirib chiqadi, deydi Deyvid Kirkpatrik, "Facebook" haqida kitob yozgan mutaxassis.
Aksiya bozoriga “FB” belgisi bilan chiqishi kutilayotgan kompaniya asoschisi Mark Zukerberg 27 yoshida dunyodagi eng boy insonlardan biri.
Sarmoya banklari “Facebook” aksiyalarni sotib olishga oshiqmoqda. Buning ajablanarli joyi yo’q, deydi Jim Oshagnessi, “Uoll Strit”da tanilgan investor.
Haqiqatdan ham 2011-yilda aksiya bozoriga chiqqan internet kompaniyalar – “LinkedIn”, “Groupon”, “Zynga”, “Pandora” va “HomeAway” bahosi bir yil ichida o’rtacha 25 foizga pasaydi.
Sarmoyachi tavakkal qilib daromad oladi. Shunday ekan, “Facebook” aksiyalari uchun pulini sanab o’tirganlar ko’p.
Dunyodagi eng ommabop saytlardan biri moliya bozorida nima yangiliklar qiladi, buni vaqt ko'rsatadi.
"Amerika Manzaralari" dasturidan: