So’nggi 20 yil mobaynida AQSh hukumati, tadbirkorlar va alohida fuqarolar insoniyatga jiddiy tahdid solayotgan kasalliklarni o’rganishga ulkan hissa qo’shdi. VICh/SPID, sil, bezgak va boshqa xastaliklar bilan kurashishda bugun kengroq bilimga egamiz va yangi dorilar yaratilmoqda.
Bundan 25 yil avval SPIDning davosi bo’lmagan. Muolaja turlari cheklangan, tashxis o’limga hukm etilish bilan barobar edi. Ikki amerikalik shifokor – Erik Gusbi va Entoni Fauchi kasallik ustida yillardan buyon izlanadi. XXI-asr vabosi yengilganicha yo’q, lekin xavf darajasi pasaygan deyish mumkin.
Doktor Fauchi AQSh Salomatlik institutida olib borgan tadqiqotlar natijasida insoniyat virusni chuqurroq tushundi, uning tarqalishini bartaraf etishni o’rgandi. SPIDni xronik kasallikka aylantirgan muolaja ham topildi.
“SPIDdan xoli avlodga yaqin kelajakda erishsa bo’ladi. Turli davlatlarda, avvalambor bizning ilmiy institutdagi izlanishlar bunga asos yaratmoqda”, - deydi Fauchi.
Erik Gusbi esa AQSh Davlat departamentining Global salomatlik diplomatiyasi idorasini boshqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda SPIDni davolash uchun klinikalar qurishda yordamlashgan. Endi esa boshqa yuqumli kasalliklar, qon bosimi kabi xronik xastaliklarni davolash haqida ham so’z borayapti, deydi Gusbi.
Mablag’ asosan Ford Jamg’armasi, Bill va Melinda Geyts Jamg’armasi kabi xususiy tashkilotlardan keladi.
“Immunitet taqchilligi virusiga qarshi qo’llangan usullar boshqa kasalliklarga qarshi kurashda ham qo’l keladi. VICh bilan yashayotgan odamlar barobarida boshqa xastaliklarga chalinganlarni ham davolashimiz mumkin”, - deydi Davlat departamenti rasmiysi.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi global miqyosda faoliyat yuritadi. Markaz direktori, doktor Tomas Friden deydiki:
“Qizamiq va qizilcha hollarini yo’q qilish, meningit, suv va ovqat orqali yuqadigan kasalliklarni kamaytirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Ammo birinchi navbatda saraton, diabet, yurak xastaliklari, insult, ya’ni mavjud vositalar yordamida oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish lozim”.
Kasalliklar muntazam o’zgarib turadi, yangilari paydo bo’ladi. Eskilari o’zgarib, tibbiy preparatlarga qarshilik ko’rsata boshlaydi. Bunday jarayonlar butun dunyo ahlining salomatligi va xavfsizligi uchun tahdiddir. Shu sababdan tibbiyot sohasida global hamkorlik katta ahamiyatga ega, deydi Salomatlik instituti direktori, doktor Fransis Kollins.
“Kasallik faqat bir mamlakatga taalluqli, boshqalarga zarari yo’q deyish mutlaqo noto’g’ri”, - deydi u.
Maqsad dunyo bo’ylab farovonlikni oshirish ekan, AQSh tibbiy tadqiqotlarda yetakchi o’rinni saqlab qolishi kerak, deydi shifokor-olimlar. Ayni vaqtda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni ham oshirish lozim.
Your browser doesn’t support HTML5