Bir guruh huquq himoyachilari Xalqaro jinoiy suddan Xitoyning Shinjonda uy'gurlar va boshqa turkiy elatlarning vakillariga munosabatini tekshirish va muhokama qilishga undamoqda.
AQSh va Yevropa davlatlari nazarida Pekin uyg'urlarni etnik guruh sifatida yo'q qilishga bel bog'lagan. Vashington Xitoyni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.
Bayden ma'muriyati va Amerikaning undan olgingi rahbariyatlari Xitoyni uyg'urlarni asossiz qamashda, majburiy mehnatda, qiynoqqa solganlikda, sterilizatsiya qilganlikda, shuningdek, ularni bolalaridan ayirganlikda va ularning madaniyatini yo'q qilishga uringanlikda qoralagan.
Pekin bu ayblovlarni mutlaq inkor etib, G'arbni uyg'urlarning uydirmalariga tayanib, tobora kuchayib borayotgan Xitoyning obro'sizlantirishga urinayotganlikda tanqid qiladi.
Buni ham ko'ring AQSh uyg'urlarning majburiy mehnatiga qarshi kurashuvchi qonunni joriy eta boshladiXitoy hukumatiga ko'ra, Shinjon-uyg'ur muxtoriyatida aholi to'q va xotirjam hayot kechirmoqda.
Surgundagi uyg'urlarni himoya qilayotgan yuristlar Gaagada asoslangan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilib, Pekin bosimi ostida qator davlatlar uyg'urlarni deportatsiya qilayotganini ko'rib chiqishni so'ramoqda. Uyg'urlarni Xitoyga topshirayotgan hukumatlar orasida sudga a'zolar ham bor, deydi advokatlar.
Yetakchi yurist Rodni Dikson deydiki, "Xalqaro jinoiy sud bu holatlarga jiddiy e'tibor qaratishi zarur, chunki a'zo davlatlar Xitoy talablariga bosh egmoqda".
Huquq himoyachilari hozirgacha uch bor shunday murojaat bilan yuzlangan. Yuristlarning aytishicha, barcha tegishli hujjatlar topshirilgan.
Boshida sud Xitoy siyosatini tekshirish vakolatiga ega emasligini bildirgan, chunki respublika unga a'zo emas. Lekin advokatlar masalaga sudga kiradigan mamlakatlar bilan bog'liq ekanini ochib bergan.
Shu kunlarda topshirilgan hujjatlarda deportatsia qilingan uyg'urlar Xitoy organlari qo'lida qiynoqqa solingani, konsentratsion lagerlarga yuborilgani aks etgan.
Buni ham ko'ring Hisobot: Xitoyda uyg'urlar majburiy mehnati kengaymoqda"Xitoy siyosati uyg'urlarni va boshqa turkiy elatlarning vakillarini qay davlatda bo'lsa ham mamlakatga qaytarib, jazolashni nazarda tutadi. Qo'shni Tojikistonda bunga yaqqol misol. Respublika Xalqaro jinoiy sudga a'zo va u yerdan deportatsiya qilingan uyg'urlar Xitoyda azoblanib, adolatsiz sudlarga tortiladi", - deyiladi huquq himoyachilarining "Amerika Ovozi"ga bergan bayonotida.
Xalqaro jinoiy sud Myanmada musulmonlarga nisbatan noinsoniy munosabatlarni tekshirgan. Yuristlar nazarida bu ishning ta'siri salmoqli bo'lib, dunyo ahli Myanmadagi musulmonlarni himoya qilish uchun choralar ko'ra boshlagan.
"Xalqaro jinoiy sud Ukrainadan Rossiyaga majburan jo'natilgan ukrainlar ishini ham ko'rib chiqmoqda", - deya qayd etadi Dikson.
Na Ukraina, na Rossiya bu sudga a'zo. Shunday ekan, deydi yuristlar, uyg'urlar taqdiriga ham befarq bo'la olmaydi.