Hindiston yangi tashqi ishlar vaziri Pokiston va Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlash kerak, deydi. Rasmiy qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni jonlantirishi kutilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri etib tayinlanganidan keyin Salman Xurshid Pokiston bilan hamkorlik qilishga umid bildirdi.
Xurshid 58 da, ungacha bu lavozimni egallab kelgan 80 yoshli vazirdan ancha yosh. Diplomatiyani ipidan ignasigacha biladigan tajribali siyosiy arbob, musulmon.
Dehlidagi Ommaviy axborot vositalari tadqiqotlari markazi tahlilchisi Baskar Rao fikricha, yangi vazir Hindistonning Pokiston bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan urinishlarini boshqarish uchun loyiq shaxs.
"Birinchidan, qo’shnilarimizga vazirning ismi-sharifi ma’qul kelishi shubhasiz. Ikki tomonlama aloqalardagi nozik masalalarni oladigan bo’lsak, vazir ular yuzasidan murosaga tayyor. U yaxshi muloqotchi. Hamkorlik o’rnata oladi”.
2008-yilda Mumbayda hujumlar ro’y berganidan keyin ikki qudratli davlat aloqasi sovuqlashgan edi. O’tgan yili esa hukumatlar gina-kuduratni unutishga qaror qilganday bo’ldi. Ammo Islomobodning hujumlarni uyushtirgan pokistonlik jangarilarni jazolamagani bu yo’lda to’g’anoq bo’lib kelyapti.
Shunga qaramay, Salman Xurshid kelajakka umid bilan boqishini aytadi. Hindiston va Pokiston rishtalari uchun mustahkam asos bor, deydi.
U, shunigdek, Dehlining Pekin bilan aloqalari yaxshilanishi kerak, degan fikrda. Imkoniyatlar bepoyon, dunyodagi yangi iqtisodiy vaziyat esa Hindiston va Xitoy birga ishlashi kerakligining yana bir isboti, deydi yangi vazir.