Amerika razvedkasi nazarida birov hujum qilsa, Eron javob qaytarishga qodir, lekin o’zi urush boshlamaydi.
AQSh Mudofaa razvedka agentligi rahbari, general Ronald Burgess bugun Senatda so’zlab, Eron o’zini himoya qilish uchun Xo’rmuz bo’g’ozini yopishi va AQSh hamda ittifoqchi davlatlarga raketa yog’dirishi mumkin.
Mintaqa nefti Xo’rmuz bo’g’ozi orqali jahon bozoriga chiqadi.
Isroil islomiy respublikaga hujum qilish borasida bir to’xtamga kelganicha yo’q, deydi u.
Bugun Isroil Mudofaa vaziri Ehud Barak Eronga qo’shimcha sanksiyalar qo’yishga da’vat etib chiqqan. Amaldagi jazo choralari yetarli emas, deydi u.
“Hozirgi sanksiyalar endi-endi samara berayotganini ko’rayapmiz, lekin Eron rahbariyatini murosaga ko’ndirish uchun qattiqroq bosim o’tkazish lozim”, - deydi Barak.
Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland:
“Avval ham shunday bayonotlar bo’lgan. Hech kim uchun yangilik emas bu. Amaldagi yutuqlariga asoslanib aytish mumkinki, Eronning gaplari va real vaziyat o’rasida katta farq bor. So’nggi bayonot esa Eron auditoriyasiga mo’ljallangani aniq”.
Rasmiy Tehron tadqiqotlar tinch maqsadni ko’zlashini isbotlashi darkor, deydi Nuland.
Islomiy respublika kuni-kecha uranni boyituvchi yangi, zamonaviy sentrifugalarni ishga tushirganini da’vo qilgan edi.
Isroil va G’arb davlatlari bu mamlakatni ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda ayblaydi. Rasmiy Tehron izlanishlar energetika va tibbiyot uchun zarur, deya javob qiladi.
Ular Isroil elchixonasi xodimlarini nishonga olmoqchi bo’lgan, deydi Tailand politsiyasi boshlig’i Prepan Damapon, portlashda to’rt kishi jarohat olgan.
Hafta boshida Hindiston va Gruziya poytaxtlarida Isroil diplomatlariga qarshi amaliyotlar sodir etilgan; Dehlidagi portlashda to’rt kishi jarohatlanib, Tbilisida bomba zararsizlantirilgan edi.
Rasmiy Quddus bularning barida Eronni ayblaydi. Tehron ayblovlar uydirma, deya ta’kidlaydi.