Isroil G'azo sektorida XAMAS guruhini nishonga olmoqda. XAMAS ham unga qashi raketalar yog'dirmoqda.
Isroilda o'tgan uch kun ichida kamida 700, G'azoda 500 kishi o'lgan. Jarohatlanganlar yuzlab sonda.
10 ga yaqin amerikalik halok bo'lgan. Shuningdek, Britaniya, Fransiya, Nepal, Tailand, Ukraina va boshqa davlatlarning fuqarolari ham nobud bo'lgan.
BMTga ko'ra, G'azoda 123 ming aholi boshpanasiz qolgan yoki uy-joyini tashlab chiqqan.
Isroil mojaroga zaxiradan 300 ming askarni safarbar etmoqda.
"Biz bu urushda XAMASni yengamiz, uni salohiyatdan ayiramiz, - deydi Jonatan Konrikus, Isroil Qurolli kuchlari so'zlovchisi.
“G'azoda XAMAS hech qanday qudratga ega bo'lmaydi".
Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant deydiki, G'azo butkul qamalda. Hudud elektr toki, oziq-ovqat va gazdan uzilgan.
XAMAS sektorni 2007-yilda qo'lga olganidan beri u G'azo bir necha bor shunday qamal ostida qolgan.
Guruhga ko'ra, Isroilga nisbatan nafrat va g'azabga "aynan shunday adolatsizliklar sababdir".
AQSh va Yevropa Ittifoqi urushda XAMASni ayblamoqda va Isroilni quvvatlab, uni terrorizmga qarshi kurashda quvvatlashini bildirmoqda.
BMT Xavfsizlik kengashidagi majlislar konkret natijaga yetaklamagam.
Qator davlatlar hududdan fuqarolarini olib chiqmoqda. Falastin yerlariga yordam to'xtagan.
“XAMASga qarshi boshlagan urushimiz vaqt qoladi, qiyin kechadi", - deya ogohlantirmoqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.
Bayden ma'muriyati yahudiy davlat va arab hukumatlari bilan muloqotda. Vaziyat o'nglanishi kerak, deya undamoqda Oq uy.
XAMAS va Isroil 2007-yildan beri to'rt bor urush qilgan. 2021-yildagi olishuvdan keyin Isroil G'azoga iqtisodiy imtiyozlar berib kelayotgan edi, chunki guruh "boshqa urush qilmaymiz" deb chiqqan edi.
Bu orada Isroil armiyasi Livandagi Hizbulloh jangarilari bilan o'q almashgan. Hizbulloh XAMASning quvvatlovchisidir.
Livan va Isroil bir-birini g'anim deb biladi. Biroq tomonlar 2006-yildan beri sulhda.
Bugungi janglardan keyin Isroil tomon XAMAS 7-oktabr kungi hamlada egallab olgan yerlarining bir qanchasini qaytib olgan.