Qirg'iziston: Prezidentlikka nomzod bo'lish uchun ona tilni bilish kerak

Qirg'iziston: Prezidentlikka nomzod bo'lish uchun ona tilni bilish kerak

30-oktabr - Qirg'izistonda prezident saylovi kuni.

BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Yevropa Ittifoqi elchilari Bishkekka borib, rahbar Roza Otunboyeva va fuqaro jamiyati yetakchilari bilan uchrashdi, saylovlarga tayyorgarlik qanday ketayotganini kuzatdi.

Diplomatlar tavsiya-maslahatlar berib, saylovlarni tinch va adolatli o’tkazishga chorlamoqda.

Prezident bo'laman deb ro'yxatdan o'tganlar 83 kishi edi, hozir ularning safi sekin-sekin siyraklashib bormoqda.

Bugun nomzodlar davlat tilidan imtihon topshira boshladi va jarayon televideniye orqali namoyish etilmoqda.

Bu sinov natijasida nomzodlar ro'yxati yanada qisqarishi aniq.

Marhamat, tinglang.