Xalqaro Amnistiya: NATO Liviyadagi xatolari uchun qachon tovon to'laydi?

  • Amerika Ovozi

Tripoli, 2011-yilning oktabr oyi

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotining bildirishicha, NATO o’tgan yili Liviyadagi havo hujumlarida jabr ko’rgan aholi zararini haligacha qoplamagan.

Oddiy odamlarning o’limiga yetaklagan bombardirovkalar tergov qilinmagan.

NATO hujumlari paytida aholi o’limining oldini olishga qaratilgan qator choralar ko’rgan, biroq bu uni o’lim hollarini tergov qilish mas’uliyatidan ozod etmaydi.

Tashkilot xulosasiga ko’ra, Liviyada tinch aholi asosan NATO harbiy ahamiyatga ega bo’lmagan ob’yektlarni nishonga olganida halok bo’lgan.

NATO begonuh insonlarning hayotiga zomin bo’lgan havo hujumlaridan afsusda ekanini aytib, Liviyada ishlash uchun ortiq mandati yo’qligini bildirmoqda.