Prezident Obama Yevropadagi krizisni AQShga tahdid deb biladi

  • Amerika Ovozi

中国第二大河:黄河的棕色泥浆水在干旱的沙漠中流过,流经宁夏的银川市中心,黄河是银川的重要生命线。

Barak Obamaning aytishicha, Yevropani qamrab olayotgan moliyaviy inqiroz butun dunyoga tahdiddir. AQSh prezidentiga ko'ra, Yevropa rahbarlari muammoga qarshi o'z vaqtida chora ko'rmagan.

Obama prezident saylovlari kampaniyasi doirasida g'arbiy shtatlarni aylanar ekan, Yevropadagi krizisning AQShga ta'sirini ham ta'kidlab o'tdi. Yevropa davlatlari 2007-yilgi tanazzuldan hali o'ziga kelgani yo'q, bank tizimidagi muammolarni bartaraf etgani yo'q.

Prezident Kongressdan ish o'rinlarini yaratishga va byudjet kamomadini tushirishga qaratilgan yangi tashabbuslarini tasdiqlashni so'ramoqda.

Prezident Obamaning aytishicha, ishsizlik, ayniqsa, qora tanlilar orasida yuqori bo'lib, 17 foizni tashkil etmoqda.

Rejada badavlat amerikaliklarga soliqni ko'tarish ko'zda tutilgan. Ammo Kongressdagi respublikachilar bunga qarshi. Ular nazarida bu sarmoya va iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi. Muxolifatning qarshi taklifi shuki, byudjet kamomadini tushirish uchun davlat xarajatlarini kamaytirish kerak, jumladan ijtimoiy muhofaza sohasidagi.