Obama soliqlarni kamaytirib, kichik bizneslarni qo’llovchi qonunni imzoladi

  • Amerika Ovozi

Obamaning aytishicha, o’sish sezilmayotgan bo’lishi mumkin. Chunki iqtisodiy krizis paytida millionlab ish o’rinlari boy berildi va bu bo’shliqni to’ldirishning o’zi bo’lmaydi.

Prezident Barak Obama fikricha, Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti qaddini rostlamoqda. Mana sakkiz oydirki ish o’rinlari ko’paya boshlagan. AQShda hozir ishsizlik ko’rsatkichi 9,6 foizni tashkil etmoqda.

Obamaning aytishicha, o’sish sezilmayotgan bo’lishi mumkin. Chunki iqtisodiy krizis paytida millionlab ish o’rinlari boy berildi va bu bo’shliqni to’ldirishning o’zi bo’lmaydi.

Kecha AQSh rahbari soliqlarni kesib, kichik bizneslarni qo’llab-quvvatlovchi qonun loyihasini imzoladi. Bu hujjat umumiy saylovlar arafasida Obama va uning partiyadoshlari uchun yaxshigina tirgak rolini o’tashi mumkin.

Loyiha sharofati bilan kichik biznes egalari osonroq qarz-moliyaviy yordam olishi mumkin.

Qonun yordamida biznes ahli nafaqat mablag’, balki soliq imtiyozlaridan ham foydalanishi mumkin. Toki bu tadbirkorlar ko’proq odamni ishga yollasin. Prezident Obama va u boshliq Demokratlar Partiyasi uchun bu qonun ko’p kutilgan g’alabadir.

“Hukumat bizneslar muvaqqiyatini kafolatlay olmaydi, ammo ayrim to’siqlarni, jumladan kredit olish jarayonini yengillashtiramiz. Hukumat boy berilgan millionlab ish o’rinlarini tiklay olmaydi, ammo kichik bizneslarni qo’llab, odam yollashi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin”, - deydi Obama.

Qonun yordamida biznes ahli nafaqat mablag’, balki soliq imtiyozlaridan ham foydalanishi mumkin. Toki bu tadbirkorlar ko’proq odamni ishga yollasin. Prezident Obama va u boshliq Demokratlar Partiyasi uchun bu qonun ko’p kutilgan g’alabadir.

Biroq saylov yaqinlashgani sari muxolif Respublikachilar Partiyasining o’ziga ishonchi ortmoqda. Ijrimoiy so’rov natijalariga ko’ra, fuqarolar muxolifatga xayrixoh va Kongress nazorati ular qo’liga o’tishi mumkin. Biroq prezident Obama targ’ibot kampaniyasiga kirishar ekan, bahs avjiga chiqishi aniq.